Get Mystery Box with random crypto!

Ko'zlar uchun gimnastikani bajaramiz: Har kuni smartfon va n | Medical Clinic course ©

Ko'zlar uchun gimnastikani bajaramiz:

Har kuni smartfon va noutbuklar ekranlari orqali biz shunchalik ko'p ma'lumot olamizki, kun oxiriga kelib charchagan, quruq ko'zlar ko‘pchiligimzni qiynaydi.

Yaxshiyamki, buni yaxshilash mumkin. Biz siz bilan ko‘zdagi qiyinchilik va noqulaylikni bartaraf etish kafolatlangan oddiy mashqni baham ko'ramiz:

* Oʻtirgan holatda 3-5 soniya davomida koʻzingizni mahkam yuming, soʻngra bir vaqtning oʻzida koʻzingizni oching, buni 6-8 marta takrorlang.

Ushbu mashqlar ko'z qovoqlarining mushaklarini kuchaytiradi, ko'zlardagi qon aylanishini yaxshilaydi va mushaklarini bo'shashtiradi.

* Shuningdek, oʻtirib ko‘zni tez miltillatishni boshlang va buni 1-2 daqiqa davomida bajaring - bu ham qon aylanishini yaxshilaydi.

* Qorachiqlarni tepaga- pastga, o‘ngga- chapga, qirg‘oqlarga qarating, buni ham 1-2 daqiqa davom ettiring.

* Qorachiqlarni o‘rtaga yo‘naltiring.

* Soat sterlasi bo‘ylab aylantiring.

* * * KO‘ZINGIZNI ASRANG! * * *

Manba: @medical_secrecy