Get Mystery Box with random crypto!

Birinchi marat ustozim Mahbuba opa bilan jigar sirroziga uchra | Medical Clinic course ©

Birinchi marat ustozim Mahbuba opa bilan jigar sirroziga uchragan bemorni o‘rgandim, birinchi marta aortal anevrizmasi bor bemorni ko‘rdim, birinchi marta ustozim kardioxirurg Muhammadjon aka bilan yurak parogi operatsiyasida qatnashdim, birinchi marta ustoz Sarvinoz opa bilan poliartrit ni o‘rgandim, birinchi marta ustoz Latofat opa bilan juda kam uchraydigan kardiomiopatiya turini ko‘rdik. Bu birinchi martalardan yana nechtasini yozsa bo‘ladi a?!

* * *

Gastroentrologiyada amaliyot qilyapman. Qabulimizda bir xola quyuq so‘rashgandan keyin, o‘g‘lim "halegindaqa'' videolardan ko‘rgan ekan boshi og‘riyapti, nima qilsin deb gastroentrologdan so‘rayapti. Do‘xtr hayron, nevropatologga chiqarib yubordi...

* * *

Ustoz reanimatsiyaga kirib kechagi peritonit bilan operatsiya bo‘lgan bemordan xabar olib chiqing dedilar. Bu bemorning diabet 2-tipi ham bor bo‘lib, diabetik to‘piq sindromi, bir oyoq boldirdan apmutatsiya qilingan edi. Kirib "xola yaxshimisiz", dedim. Xola esa boshini yo‘q degandek qilib silkitib qo‘ydi. Ichim uzilib ketay dedi.
Xolaning ahvoli og‘ir edi, ertansi kuni vafot etdi...

* * *

Oblastnoydamiz. Shoshilinch. Bir xolani jichcha nevrozchasi bor ekan. O‘zim qon bosimini o‘lchab, gaplashib, ertaga nevropatolog bilan endokrinologga uchrang deb jo‘natvordim. Ha o‘zi aytib qoldi gipoteriozim bor, bir necha oydan beri dori ichmayapman deb...

* * *
Bir opa hayotini gapirib berdi. Bundan 7 yil avval 3-etaj balkondan yiqilib, belidan qattiq jaroxat olgan, natijada ikkala oyoqlarda sezgi va harakat yo‘qolgan, eri ko‘p o‘tmay boshqaga uylangan edi. Opa bilan din haqida biroz gaplashdim, tariqatga qiziqar ekanlar. Gapdan gap chiqib, birorta savobmand odam uchrasa turmushga chiqishini aytdi...

* * *

FTEK haqida gapirmay qo‘yaveray

* * *

Oblastnoydamiz. Chamasi 80 yoshli kampirni uchirtirib reanimatsiyaga olib kirib ketildi. Men ham kirdim. Nafas va ko‘krak mashqi, nafas va ko‘krak mashqi. Bo‘lmadi. Defibiriliyatorni ishlatishdi, ko‘o‘p urinishdi, bo‘lmadi... Xolaning o‘g‘liga "aka qo‘ldan kelganini qildik, Allohdan, qulog‘lariga kalima ayting" deyishdi...

* * *

Gastroentrolog ustozim meni haydab yubordi.
Yo‘q. Yomonlik qilmadim, kasal ham juda ko‘p, ustoz Qo‘qonda birinchi raqamli gastroenterolog. "Siz mendan o‘rgana olmeysiz, ko‘ryapsiz kasallar bir xil. Siz ekstrenniyga boring",- deyishdi.

* * *

Farg‘onadagi shifoxonada. Koridorning televizor ko‘radigan joyida ikki tarafga ham yumshoq kreslo qo‘yilgan, o‘rtada yo‘l. 3 ta yosh bemor qizlar o‘tirib olgan. O‘tib ketmoqchi bo‘lib borsam menga shunaqa tikilishdiki, orqaga qaytib kettim. Ular pichirlashib kulishdi. Chiroyliroq yigit bo‘lsam ham boshqa gap. Majbur orqa tarafdagi eshikdan chiqib kettim... Eh, yomon qizlaree.

(Davomi bor)