Get Mystery Box with random crypto!

#kepqoldi Skrinshotdagi fikrni o'zimning faoliyatimni 'soqqak | MJ

#kepqoldi

Skrinshotdagi fikrni o'zimning faoliyatimni "soqqakashlik" deb bilishdi, deb tushundim. Ok.

Rizq Allohdan degani biron qo'lingdan keladigan ishga pul olmasdan o'tiraver degani emas.

Rizq Allohdan degani qo'lingdan keladigan ishni halol yo'l bilan topishga harakat qil, tavakkal qil. Lekin rizqni Alloh beradi. Rizq Allohdan deyishni erishgan natijani Hojiboy aytgandek "ko'proqroq qaziganimiz uchun hosil ko'p bo'ldi" deb emas, Alloh bergani uchun deb bilish kerak.

Ozgina bo'lsa ham fikr yuritinglar. Bozorga borib "anavi do'kondagi odam tekinga kiyim beryapti, sen ham tekinga ber" deb, rozi bo'lmagan odamni soqqa qilyapti deyish qanday mantiqqa to'g'ri keladi?

P.S. Postdagi fikrlar izoh egasining fikriga javoban yozilgan. Islomxo'janing ishlariga hech qanday e'tirozim yo'q. Noto'g'ri tushunilmasin.