Get Mystery Box with random crypto!

Fullstack dasturchi bo'lmang. Dasturlashga yangi kirib kelayo | MJ

Fullstack dasturchi bo'lmang.

Dasturlashga yangi kirib kelayotganlarning juda ko'p qismi Fullstack dasturchi bo'lishni o'ylaydi. Bu yaxshi, ammo kattaroq joyda ishlamoqchi bo'lsangiz bu fikrdan qaytishingiz kerak. Bunga sabablar yetarlicha, hozir esa bu boradagi o'z fikrlarim bilan o'rtoqlashmoqchiman.

Katta kompaniyalarga Fullstack dasturchilar kerak emas. Ularda Backend va Frontend dasturchilari uchun vazifalar alohida ajratilgan. Fullstack dasturchilarni esa asosan start-uplar yollaydi, buning sababi, katta ehtimol bilan byudjet kamligida. Shuning uchun ham Backend dasturchilarning maoshi Fullstack dasturchilaridan balandroq bo'ladi.

Dasturlashni o'rganiboq Backend yoki Fullstackchi bo'lib ishlayman deb o'ylagan bo'lsangiz adashasiz. Boshlanishiga baribir Frontendni o'rganishingiz kerak. Ko'pchilik Junior Backendchilarni ishga olishmaydi, chunki hech kim muhim ma'lumotlarini tajribasiz ishchiga ishonishni istashmaydi.

Fullstack dasturchi bo'laman deb harakat qilayotgan bo'lsangiz bu haqida biroz o'ylab ko'ring. Backend va Frontend bir-biriga bog'liq, ammo o'xshash narsa emas. Boshlanishiga esa Frontend yo'nalishini tanlashni maslahat beraman, chunki bu yo'nalishda tajribasiz dasturchilarga ham ish topish nisbatan osonroq.

Fullstack dasturchi bo'lib ishlashingiz mumkin bo'lgan yagona joy - frilans. U yerda ishlashingiz uchun ham baribir tajriba kerak bo'ladi, shuning uchun boshida bor e'tiborni Frontendga qaratavering.

@mabrur_dev