Get Mystery Box with random crypto!

Soʻngi Umid #Muallif_Matyakubova_M #N_2 —Sul | 🎀 Mohir qollar 🎀

Soʻngi Umid

#Muallif_Matyakubova_M

#N_2

—Sulton Sulaymon ishkal qilmaymiz. Seni bilaman doim ishkal chiqarasan yoʻq deysanu ammo....
Dedi Aziz Sulaymonga qarab.
— Ha bilaman oʻzimni ushlab turolmayman. Bunga oʻzim aybdor emasman-ku! Humoyun kelayotgan ekanmi?
— Ha kelaman degandi. Ana oʻzi ham keldi ...
Humoyun ikki qoʻriqchi bilan kirib keldi qoʻriqchilari ham qiz bola edi... Aziz va Sulaymon hayrat bilan qarab qolishdi... Humoyun ikkalasini oldiga kelib oʻtirsa ham ikkalasini koʻzi qizlarda edi... Qizlar qora koʻz oynak kiygan qora shim qora kastyumlarda edilar...
— Hey ikkalang ham ogʻzingni yop! Hozir oʻzim u bu narsa tashlab yuboraman ogʻzinglarga..
Dedi Humoyun kulib...
— Doʻst qoʻriqchi kerak deganingda oʻzimiz senga qoʻriqchi boʻlardik. Bu goʻzallikda tengi yoʻq yalmogʻizgʻlarni qayerdan topdingng!??
Dedi Sulaymon ichimlikdan ichib. Aziz Sulaymonga bir qaradi qizlarga bir qaradiyu kulib yubordi. Qizlar pinagini ham buzmasdan turishardi.
— Sulaymon asabimni buzma. Amerikaga borganimda ichimlik jinnisi alkash borku oʻsha berdi bularni... Oʻzim ham uyalib ketdim....
Dedi Humoyun yuzini yashirib.
— Humo bularni menga bir kunga berib tur... Onamga koʻrsataman keyin meni uylantirish fikridan qaytishadi...
Dedi Aziz birinchi Humoyunni yelkasiga urdi keyin yelkasiga suyanib qizlarga qarab turdi.
— Aziz unday qarama ikkala Oyjamol hijolat boʻlishadi.
Dedi Sulaymon Azizni orqasiga urub... Humoyun oxiri oʻzi ham kulib yubordi...
— Uchalangizga kam emasmi bu qizlar?
Dedi Nurbek kelib...
— Uchalamiz bitta mayizni qirqga boʻlib yeymiz.
Dedi Sulaymon va kulib yubordi.
— Ha yoʻgʻe!? Bugun mehmonim boʻling. Meni klubimga sizdek insonlar tashrif buyurgan ekan mehmon qilmasam boʻlmas...
Dedi Nurbek... Doimgidek Sulaymonni asabini buzub ustidan kulgandek gapirdi...
— Nurbek janjal kerakmas oʻzimiz. Rahmat eʼtibor uchun.
Dedi Humoyun. Aziz Sulaymon oldiga oʻtib olgandi sababi hozir urushib ketishga tayyor turgandi...
— Mayli gaplashamiz!
Dedi Nurbek va sekin sekin yurub tepaga chiqib ketdi...
— Uf bitta shu klubda urush janjam boʻlsa milisa aralashmaydi shuning uchun shu yerga kelamiz deymanu manabu Nurgulxon asabimni egovlaydi.
Dedi Sulaymon stolha musht urub...
— Ey boʻldi. Doʻstligimiz uchun ichamiz...
Dedi Humoyun ichimlikni hammasini bir koʻtarishda ichib.
Qolganlar ham ularga qoʻshildi...
— Sulaymon qara esingga tushdimi u yerda oʻtirgan qoqindiq.
Dedi Aziz klubga kelishdan oldin ozroq urushib qolgan qizga qarab.
Humoyun va Sulaymon qarashdi.
— Bu atrofiga toʻrtta yigitni olib nima qilib oʻtiribdi? Kiprigini qara yana ozgina ulasa sochi bilan teng boʻlarkan.