Get Mystery Box with random crypto!

Soʻngi Umid #Muallif_Matyakubova_M #N_3 — Bi | 🎀 Mohir qollar 🎀

Soʻngi Umid

#Muallif_Matyakubova_M

#N_3

— Birovni ustidan kulmaymiz yigitlar balki ish bilan oʻtirgandir!
Dedi Humoyun.
— Ish?!??! Kech boʻlayotganda kamiga toʻrtta yigit bilan qanday ish boʻlishi mumkin? Hozir men aylanib kelaman.
Dedi Aziz.... Va qoʻliga ichimligini olib qizni oldiga ketdi...
— Salom! Davrangizga qoʻshilsam maylimi?
Dedi Aziz kulib ... Toʻrtta yigit ham sekin kamaridagi qurolni koʻrsatishdi.. Aziz kuldida sekin u ham qurolga ishora qildi keyin aylanib Humoyun va Sulaymonga qaradi. Ular ham quroliga qarab qoʻyishdi... Yigitlar sergaklandi.
— Marhamat oʻtiring!
Dedi qiz Azizga qarab...
— Oooo rahmat.
Dedi Aziz lekin oʻtirmadi.
— Doʻstingiz hali ham mendan gʻazabda shekilli koʻzi odamni teshib oʻtay deb qarab turubdi...
Dedi qiz Sulaymonga qarab.
— Ha u jahli chiqsa shunday qaraydi! Eʼtibor qilmang.
Dedi Aziz.
— Ismingiz nima?
— Aziz! Siznikichi?
— Minoza!
— Nimazoda???
Dedi Aziz ovozini balandlatib kulgi aralash. Minoza oʻrnidan sakrab turib. Azizni oldiga keldi va kutilmaganda yuzi musht tushurdi...
— Muomilangga yarashasini olding joʻjaxoʻroz!
Dedi Minozga... Aziz yuzini ushlab Minozaga qaradi Humoyun va Sulaymon yugurib kelishdi.
— Haa nega oʻzlaring keldinglar? Ikkala qiz qolib ketdi ularni ham chaqiring? .
Dedi Minoza yigitlar ustidan kulib...
— Tilingni sugʻurib olaman.
Deya Sulaymon Minozani urmoqchi boʻldi oldiga toʻrtta yigit chiqib oldi..
— Sogʻ boʻling yigitchalar!
Dedi Minoza va klubdan chiqa boshladi ammo Sulaymon tezlik qilin ortidan qurolini otdi quroli Minozani boshiga tegdi. Minoza muvozanatni yoʻqotmay tikka turdi va kulib aylanib Sulaymonga qaradi...
— Orqadan pichoq uradigan lattalardan ekansan.
Dedi va egilib qurolni oldi... Minozaning boʻynidan qon sizib chiqgani koʻrindi... Minoza qurolni olib kulib chiqib ketdi.. Minozaning odamlari Uchalasi bilan urushib ketishdi... Biroz vaqt oʻtmay milisiya ham keldi...