Get Mystery Box with random crypto!

Soʻngi Umid #Muallif_Matyakubova_M #N_1 Kuz | 🎀 Mohir qollar 🎀

Soʻngi Umid

#Muallif_Matyakubova_M

#N_1

Kuz yomgʻirli koʻp insonlar kuzni ayriliq fasliga oʻxshatishadi, balki, shundaydir, hayot moʻjizalarga boy siz kutmagan oʻylab ham koʻrmagan hodisalar! Hayot ana shunday bir kun unday bir kun bunday aytishadiku, oyning oʻn beshi yorugʻ oʻn beshi qorongʻu. Baxt kelsa ortidan dard ham keladi... Siz oʻylanmagan paytda hayotingizga shunday insonlar kirib keladi bazida afsuslanasiz nega keldi bu meni hayotimga? Nimaga bunca ishondim oʻzi? Bu taqdir faqat taqdir.!!! Insonlarni kuzating biri baxtdan sarmast biri darddan boshi egik... Haqiqat qani?— deymiz baʼzida, aslida oʻzimiz hammasiga sababchimiz....
— Kim ochdi savdosiga qoʻylilgan bu mehmonxona Nurmonov Sulaymonga sotildi...
Hamma qarsak chalib qoʻydi..
— Tabriklayman Sulaymon bugun sening kuning ekan omad!
Dedi Nurbek va qora koʻz oynagini taqib odamlari bilan turub ketdi...
— Shu oʻlmadi men kulmadim!
Dedi Sulaymon qoʻlini musht qilib.
— Umri qisqa bu bechorani ham siqilma oshna koʻpga bormaydi!
Dedi Aziz Sulaymonni sochini toʻzgʻitib.
— Ey oʻle rasvo qilding sochni!
Dedi Sulaymon sochini toʻqgʻirlab.
— Hoooo mazzami sizga? Kecha bir soat oyna oldida turub taragan sochimni sen nima qilding a?
Dedi Aziz...
— Mayli ana teng boʻldi bugun bir yangi mehmonxonani yuvmaymiz?
— Sumton Sulaymon meni ishlarim koʻp... Siz bilan aylanib yurolmayman inkita Hurram Sultonlaringizdan olib oʻzingiz bayram qilavering...
Dedi Aziz.
— Buncha ish ish deysan a? Oʻt oldimga tush. Bugun ertalabgacha bayram qilamiz.... Qani ketdik... Oʻsha Nurbekni klubida bir mazza qilib kelaylik.. Sulaymon Azizni orqasidan itarib tashqariga olib chiqa boshladi... Aziz orqasiga aylanib Sulaymonga gapirib borayorganida oldidagi qizni koʻrmay qoldi qiz telefondan koʻz uzmay kelayotgandi.. ikkalasi bir birini koʻrmay toʻqmashib ketishdi va qizning telefoni yerga tushub sindi... Qizni oʻzi boʻlsa oʻtirib qolsa ham koʻzi telefonda..
— Uzur koʻrmay qolibman.
Dedi Aziz qizni oʻrnidan turgʻazmoqchi boʻlib. Sulaymon telefonni oldi.
— Qoʻlingni tort! Koʻzinga qarab yursang oʻlasanmi?
Dedi qiz Azizni urushib.
— Telefongiz yangisini olib beraman... Doʻstimga jahl qilmang yaxshi qiz.. Xuddi kinolardagidek atayin oʻzingiz bizni oldimizga keldingiz. Endi darrov sizga qaraaab sevib qolishimiz kerakmi?
Dedi Sulaymon Qizni oldiga borib.
— Muomilani ham yorib tasharkansizlar. Oʻzim ololaman kartoshga burun. Oʻzinga oʻzshagan qovun kalla seni sevib qoladi..
Dedi qiz va Sulaymon qoʻlidan telefonini yulib olib ketdi...
— Seni hozirrrr.
Dedi Azizi qizni ortidan bormoqchi boʻlib. Sulaymon ushlab qoldi.
— Chakki emas ammo tili ozgina uzunroq ekan.
Dedi Sulaymon kulib.