Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi mandat_dtmuzb_uz — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi mandat_dtmuzb_uz — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @mandat_dtmuzb_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.11K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-07-19 20:13:22
#qabul_2023
#infografika

19-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 887 ming 303 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 526 ming 739 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 360 ming 564 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).

Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
3.0K views17:13
Ochish/sharhlash
2023-07-19 17:56:36
Kollej va texnikum bitiruvchilari ham imtihon uchun 165 ming to‘lov qiladi

Sababi ular to‘lovdan ozod abituriyentlar toifasiga kirmaydi, ular 11 yillik umumta’limni oldinroq tugatishgan.

Shuning uchun ta’lim muassasasini tugatgan yilga ham maktabni tugatgan yil yoziladi va test uchun 165 ming to‘lov qilinadi.


Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.8K views14:56
Ochish/sharhlash
2023-07-19 17:01:13
Sanoat va Biotibbiyot muhandisligi fakultetlariga qabul qilingan eng iqtidorli 20 nafar abituriyent uchun 100% lik o'qish grantlari mavjud

Central Asian University eng iqtidorli va bilimli 20 nafar talabalar uchun yangi muhandislik yo‘nalishlariga to’liq 4 yillik o‘qish uchun 100% grantni e’lon qildi!

Muhandislik maktabida talabalar o'z ona tillarida ushbu qiziqarli sohalarni o'rganishlari mumkin. CAU ning sanoat va biotibbiyot muhandisligi sohalariga kirish uchun sizga IELTS yoki unga tenglashtirilgan ingliz tilini bilish sertifikatlari kerak emas.

Shuni kafolatlaymizki, birinchi kursda biz ingliz tilingiz darajasini oshirib, ikkinchi kursdan to‘liq ingliz tilida o‘qish darajasigacha oshiramiz.

Iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Central Asian University hamkorlaridan maxsus grant dasturini taklif etamiz. Sanoat va Biotibbiyot muhandisligi yo'nalishlari bo'yicha eng iqtidorli 20 nafar abituriyentlar to’liq 4 yil mobaynida 100% grant asosida ta'lim oladi.

Shoshiling! Joylar soni cheklangan!


Hujjatlarni onlayn tarzda topshirish mumkin: admission.akfauniversity.com

rasmiy veb-sayt | +998 (71) 200-05-22 | Telegram: @cau_admission
2.2K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-07-19 09:58:09 ​​ Rasman: 20-iyuldan boshlab ruxsatnomalar berila boshlaydi

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar 20-iyul kech soat 18:00 dan boshlab test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga oʻzining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi oʻtkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari soʻraladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.4K views06:58
Ochish/sharhlash
2023-07-19 09:08:21
Nega OTMlarga qancha abituriyent hujjat topshirganini bilib bo‘lmayapti

Buning bir qancha sabablari bor:

Abituriyentlar bitta emas, beshta yo‘nalishni tanlaydi. Agar faqat birinchi yo‘nalish sifatida tanlangan yo‘nalishlarga qancha abituriyent hujjat topshirgani olinadigan bo‘lsa, 2-yo‘nalish sifatida tanlagan abituriyent ham shu yo‘nalishga kirishi mumkin. Chalkashlik yuzaga keladi.

Yana bir sabab: abituriyent qayerdadir bo‘sh joy qolayotgani uchun emas, balki haqiqatan tanlagan yo‘nalishiga hujjat topshirsin degan fikrlar ham bor.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.3K views06:08
Ochish/sharhlash
2023-07-19 08:18:38
Rasman! Central Asian University yangi ta’lim yo‘nalishini e’lon qildi:

Mehmonxona boshqaruvi va turizm

Ta'lim dasturi hamkori: Confederation of Tourism and Hospitality. Ushbu muassasa 40 yildan ortiq vaqt davomida eng iste'dodli mutaxassislarni yetishtirib kelmoqda.

O'qishni tugatganingizdan so'ng siz butun dunyoda tan olingan Britaniya diplomiga ega bo'lasiz.

Central Asian University global darajadagi mehmonxonalar va restoranlar bilan hamkorlik qiladi, ya’ni siz darhol amaliy tajriba orttirish va soha mutaxassislari bilan aloqa o'rnatishni boshlashingiz mumkin. Bu sizga mehmondo'stlik va turizm sohasida muvaffaqiyatli karyerani boshlash imkonini beradi.
O'qitish tili: Ingliz tili

Ta’lim narxi: har bir semestr uchun 14 750 000 so'm

Kirish talablari: Matematika imtihoni (100% dan kamida 40%), IELTS 5.0 yoki ekvivalenti.

Kelajagingiz sizni kutmoqda!

Quyidagi havola orqali hujjatlarni onlayn topshiring

+998 71 200-05-22
Telegram: @cau_admission
2.2K views05:18
Ochish/sharhlash
2023-07-18 19:47:38 ​​ Abituriyentlar 800 mingga yaqinlashdi

Qashqadaryo yetakchilikni oʻz qoʻliga oldi.
Qabul 2 kundan keyin yakunlanadi

2023-yil 18-iyul 18:00 holatiga koʻra OTMlarining bakalavriatiga onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 791 988 nafar boʻldi.

Eng koʻp tanlangan oliygohlar
(1-taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):

Oʻzbekiston milliy universiteti — 29 874 nafar;
Fargʻona davlat universiteti — 23 596 nafar;
Toshkent davlat transport universiteti — 23 342 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 23 133 nafar;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 22 786 nafar.

Eng koʻp roʻyxatdan oʻtgan xududlar:

Qashqadaryo viloyati — 92 941 nafar;
Samarqand viloyati — 89 689 nafar;
Fargʻona viloyati — 75 073 nafar;
Toshkent viloyati — 68 962 nafar;
Surxondaryo viloyati — 65 129 nafar.

Qabulga oid yangiliklar:
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.4K views16:47
Ochish/sharhlash
2023-07-18 12:39:38 ​​ Oʻqituvchi va abituriyentlarga “Milliy sertifikat” olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi medotikalarga oʻrgatish milliy markazi oʻqituvchisi N.Sh. (muqaddam sudlangan) oʻqituvchi D.X.dan 20 nafar oʻqituvchining oylik maoshiga ustama qoʻshilishini taʼminlovchi va 39 nafar abituriyentga oliy oʻquv yurtiga kirishga imtiyoz beruvchi “Milliy sertifikat” olib berish evaziga jami 17 700 AQSH dollari talab qilib, shundan 6 600 AQSH dollarini qoʻlga kiritib qolgan 11 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, N.Sh.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qarshi shahridagi “T”. MFY boʻyicha hokim yordamchisi Sh.R. oʻqituvchi va abituriyentlarga qalbaki “Milliy sertifikat” tayyorlab berish evaziga N.Sh.dan 6 600 AQSH dollarini olganligi aniqlanib, yana 11 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.5K views09:39
Ochish/sharhlash
2023-07-15 15:36:35 Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati
#o‘qishni_ko‘chirish

Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.

Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:

Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.

Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.

O‘qishni ko‘chirish tartibi: https://t.me/eduuz/15148

Batafsil ma'lumot

https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
3.6K views12:36
Ochish/sharhlash
2023-07-14 18:46:12 ​​#statistika

Abituriyentlar 540 ming boʻldi!

6 kundan keyin qabul yakunlanishini xisobga olsak, bu yilgi abituriyentlar 1 mlnga xam bormaydi. Nima deysiz?

2023-yil 14-iyul 18:00 holatiga koʻra OTMlarining bakalavriatiga onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 540 909 nafar boʻldi.

Eng koʻp tanlangan oliygohlar
(1-taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):

Oʻzbekiston milliy universiteti — 21 151 nafar;
Fargʻona davlat universiteti — 16 386 nafar;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 16 370 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 16 295 nafar;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 15 913 nafar.

Eng koʻp roʻyxatdan oʻtgan xududlar:

Samarqand viloyati — 63 142 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 60 697 nafar;
Fargʻona viloyati — 51 029 nafar;
Toshkent viloyati — 48 348 nafar;
Andijon viloyati — 45 371 nafar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
3.8K views15:46
Ochish/sharhlash