Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi mandat_dtmuzb_uz — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi mandat_dtmuzb_uz — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @mandat_dtmuzb_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.11K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-07-14 17:46:49 Mentalaba.uz talabalarni ilm olish yo‘llari va imkoniyatlarini ko‘rsatgan holda ularga qaror qabul qilishda ko‘maklashadi.

Ushbu platforma bilan siz birgina ariza yordamida istaganingizcha universitetlarga hujjat topshirishingiz va talaba bo'lishingiz mumkin.

Platformada foydalanuvchilar uchun axborot va statistik mazmundagi bo‘limlar tashkil etilgan.

• Masalan, o‘zimizdagi oliy ta'lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumotlar va ularning manzil/aloqa ma’lumotlari;

• Mutaxassisliklar, mutaxassisliklar uchun oliy ta’lim muassasalari va professional ta’lim muassasalari kesimida yillik qabul kvotalari;

• Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim tizimidagi yangiliklar, davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari va o‘tish ballari va boshqalar.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram
3.1K views14:46
Ochish/sharhlash
2023-07-14 08:51:17
#qabul_2023
#infografika

14-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 516 ming 772 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 266 ming 484 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 250 ming 288 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).

Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
3.3K views05:51
Ochish/sharhlash
2023-07-14 05:52:24
#qabul_2023
#infografika

13-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 513 ming 043 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 264 ming 860 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 248 ming 183 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).

Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.9K views02:52
Ochish/sharhlash
2023-07-05 11:49:01
"Oliy hamshiralik ishi"da tibbiy ma’lumoti yo'qlar ham o'qishiga ruxsat berildi

Shu paytgacha "Oliy hamshiralik ishi" yo‘nalishiga hujjat topshirish uchun o‘rta maxsus tibbiy ma’lumot bo‘lishi talab qilingan.

Qabul komissiyasi bayoni bilan, endi “Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan abituriyentlar ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
913 views08:49
Ochish/sharhlash
2023-07-05 11:38:51 Rasman: Qaysi sohalarda maqsadli qabul ajratilmoqda?

2023/2024-oʻquv yilida davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakli davlat granti asosidagi qabul kvotalari doirasida quyidagi sohalarda oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun maqsadli qabul belgilangan:

Sogʻliqni saqlash
Pedagogika
Veterinariya
Ijtimoiy ish


Maqsadli qabul nima degani oʻzi?

Maqsadli qabul  – bu maʼlum bir taʼlim yoʻnalishida muayyan hududlar (masalan, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Shahrisabz tumani) uchun alohida ajratilgan davlat granti asosidagi qabul.

Misol uchun, Andijon viloyatiga ajratilgan joy uchun namanganlik abituriyent yoki bir tumanga ajratilgan joy uchun boshqa tumandagi abituriyentlar maqsadli qabulda qatnasha olmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
917 views08:38
Ochish/sharhlash
2023-07-05 07:53:30 ​​ Rasman: Sirtqi taʼlim shaklidagi 5 yillik pedagogik staj 14 ta yoʻnalishga emas, faqat 5 ta yoʻnalish uchun talab etiladigan boʻldi

Maʼlumki, Prezidentning 2022 yil 22 iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqishga taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi taʼlim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi.

Bular:

boshlangʻich taʼlim;
tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi;
musiqa taʼlimi;
jismoniy madaniyat;
texnologik taʼlim.

Bunda ushbu taʼlim yoʻnalishlarining sirtqi taʼlim shakliga xalq taʼlimi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlib, hozirda ushbu tizimda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtishi belgilandi.

Boshqa taʼlim yoʻnalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.2K views04:53
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:43:22 So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

2023-yil 3-iyul kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF–107-son farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son farmoniga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

Demak, joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.8K views07:43
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:24:56
"Perevod" uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

2023-yilda xorijiy davlatlardagi OTMlar, respublikamizdagi nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.4K views07:24
Ochish/sharhlash
2023-07-03 18:49:39
Stipendiyalar miqdori – 2023

Koʻpchilik abituriyentlar va xattoki koʻplab talabalar uchun xam foydali maʼlumot.

3-4 baxochilarga - 517.880 soʻm
5 baxochilarga - 621.456 soʻm
Nogironlarga - 776.820 soʻm
Doktorantura - 6.320.400 soʻm
Tayanch doktorantura - 4.946.840 soʻm
Stajyor tadqiqotchi - 4.379.200 soʻm.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.7K views15:49
Ochish/sharhlash
2023-07-01 07:30:53 ​​ Qabul-2023 jarayonlari boʻyicha eʼlon qilingan baʼzi yangiliklar!

Imtihonlar endi stadionlarda emas, sovitish tizimi bilan taʼminlangan yopiq binolarda ikki smenada oʻtkaziladi;

Har bir smenada 45 ming nafarga yaqin abituriyentlar imtihon topshiradi;

Imtihonlar internet tarmogʻi va televideniye orqali onlayn translyatsiya qilinadi.

Identifikatsiya tizimlari, xususan, barmoq izi va Face-Control (yuzni tanish) orqali oʻrniga kirishlarning oldi olinadi;

Test topshirgan abituriyentlarning natijasi imtihon oʻtgan kunning kelasi kuni kechgacha (24 soatda) natija shaxsiy kabinetga yuboriladi;

Yakuniy mandat barcha imtihonlar yakunlanganidan keyin bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.3K views04:30
Ochish/sharhlash