Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi mandat_dtmuzb_uz — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi mandat_dtmuzb_uz — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @mandat_dtmuzb_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.11K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-07-01 04:14:23
#Qabul_2023
#Magistratura

Magistraturaga qabul boshlanmoqda

2023-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.

2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Sertifikatlar ro‘yxati

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.0K views01:14
Ochish/sharhlash
2023-06-30 12:33:14
Rasman: Oʻzbekiston bosqichma-bosqich sirtqi taʼlimdan voz kechadi!

Oliy taʼlim vazirligi masʼuli Abduvali Xoliqovga koʻra, sirtqi taʼlim shakli hozir oʻzini oqlamayapti. Bu taʼlim shakli bosqichma-bosqich masofaviyga oʻtkaziladi.

“Faqat buning uchun texnik jihatdan tayyor boʻlish kerak. Internet yaxshi boʻlishi kerak. Aynan qachon masofaviyga oʻtilishini jarayon hal qiladi. Balki 3 yil, balki 5 yildan keyin toʻla sirtqi taʼlimdan voz kecharmiz”, dedi u.

Abituriyentlarga yuboring!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.4K views09:33
Ochish/sharhlash
2023-06-29 19:44:58
Milliy sertifikat ballidan norozi abituriyent apellyatsiyaga bera oladimi?

Ha, milliy sertifikat imtihoni natijalaridan norozi bo‘lgan talabgor javoblar chiqqandan keyin 5 ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya bera oladi.

Apellyatsiyaga qanday beriladi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy sahifasida bog‘lanish uchun manzillar va tashkilot manzili ko‘rsatilgan. Shu manzillar orqali murojaat qilish imkoni bor.

Uning arizasi 2 hafta ichida ko‘rib chiqiladi va 2 xil qaror qabul qilinishi mumkin:
test natijasi o‘zgarmaydi;
test natijasi o‘zgaradi.

Agar talabgorning dalillari asosli bo‘lsa, uning apellyatsiyasi qanoatlantiriladi. Dalili asosli bo‘lmasa, natijalari o‘zgartirilmaydi.

Talabgor bir apellyatsiyadan keyin yana qayta apellyatsiya bera olmaydi. Norozi bo‘lsa, sudga murojaat qilish huquqi bor.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.1K views16:44
Ochish/sharhlash
2023-06-29 17:20:48
Milliy sertifikatni majburiy fan uchun ishlatib, mutaxassislik fanidan test ishlasa bo‘ladimi?

Ha, agar sertifikat balli pastroq bo‘lsa, (masalan, 71 foiz) abituriyent mutaxassislik fanidan kirish imtihonida test ishlashi mumkin. Buni o'zi tanlaydi. Shunda ham uning sertifikati majburiy blokdagi fan uchun maksimal ball beradi.

Lekin agar abituriyent hujjat topshirayotganda sertifikatdan foydalanishni tanlasa, unda mutaxassislik fanidan sertifikatga mos ball oladi va shu fandan imtihondan ozod qilinadi.

Milliy sertifikatdan foydalanganda abituriyentdan imtihonga ajratiladigan tegishli vaqt chegirib qolinadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.9K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-06-29 12:46:00
Rasman: Imtihonda qatnashish toʻlovini 20-iyulgacha istalgan vaqtda toʻlash mumkin !

Test sinovi uchun toʻlovni onlayn roʻyxatdan oʻtgandan soʻng 24 soat ichida amalga oshirish kerak degan talab mavjud emas.

Abituriyentlar toʻlovni roʻyxatga olish yakunlanganga qadar elektron toʻlov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirishlari mumkin.

Izoh: roʻyxatga olish chet tilidan ijodiy imtihon oʻtkaziladigan yoʻnalishlarda 10-iyulga qadar, qolgan yoʻnalishlarda 20-iyulga qadar davom etadi.

Qabulga oid yangiliklar:
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.9K views09:46
Ochish/sharhlash
2023-06-29 10:06:41
Savolga aniq javob berildi

Tarix fanidan milliy sertifikat oldim. Shuni majburiy uchun foydalanib, mutaxassislik fanidan test sinoviga kirsam boʻladimi?

Javob: Test natijalariga koʻra eng yuqori ballning kamida 60 foizini toʻplagan talabgorlarga milliy sertifikat taqdim etiladi va mutaxassislik fanidan quyidagicha ball beriladi:

  60 foizdan 86 foizgacha — proporsional ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Bunda abituriyent sertifikatdan mutaxassislik fani uchun foydalanish yoki foydalanmaslikni oʻzi tanlaydi.

Majburiy fanlarda esa ushbu fandan maksimal ball beriladi.

Test sinovida abituriyentlarga test topshiriqlari sonidan kelib chiqqan holda vaqt ajratiladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.6K views07:06
Ochish/sharhlash
2023-06-28 19:21:04
Iqtisod yo‘nalishida qaysi OTMda o‘qish balli qancha?

Deyarli hamma viloyatda iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish imkoni bor.

Bu yo‘nalishga 2022-yilda eng past o‘tish balli Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 57,1 ball bo‘lgan.

Eng baland ball esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishida 159,4 ball bo‘lgan.

Eslatma: bu yo‘nalishga matematika va chet tilidan imtihon olinadi.

Iqtisodiyot yo‘nalishiga topshirishni niyat qilgan tanishlaringizga xabarni yuborib qo‘ying.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.1K views16:21
Ochish/sharhlash
2023-06-28 13:34:05
Nega Diplomatiya universitetiga xujjat topshirib boʻlmayapti?

Abituriyentlar quyidagi OTMlarga oʻqishga kirish uchun mazkur OTMlar tomonidan oʻtkaziladigan dastlabki imtihondan oʻtishlari lozim:

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlari.


Dastlabki imtihon uchun abituriyentlarni roʻyxatga olish quyidagi saytlar orqali amalga oshirilmoqda va 5-iyul kuni yakunlanadi:

JIDU — admission.uwed.uz

OʻzXIA — admission.iiau.uz

Dastlabki imtihondan oʻtmagan abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali mazkur OTMlarni (tegishli yoʻnalishlarni) tanlay olmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.0K views10:34
Ochish/sharhlash
2023-06-27 16:35:07
Matematika fanidan kirish imtihonlarida beriladigan formulalar jadvali

Nima deb oʻylaysiz, foydasi bormi? Bu formulalar bilimli abituriyentlarni qoʻllab quvvatlaydi deb atasak koʻproq toʻgʻri keladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.1K views13:35
Ochish/sharhlash
2023-06-13 09:08:30 Rasman: Oʻqishni koʻchirish uchun turdosh va noturdosh yoʻnalishlar roʻyxati

Ushbu faylda oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlganlar uchun turdosh va noturdosh yoʻnalishlar roʻyxati bor. Bir guruhda boʻlsa turdosh har xil guruhlarda boʻlsa noturdosh boʻladi.

Nodavlat oliygohlardan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni ikki xil usulda koʻchirish mumkin:

1) Imtihon asosida – mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchira olasiz;
2) Imtihonsiz – noturdosh taʼlim yoʻnalishlariga oshirilgan kontrakt asosida oʻqishni koʻchirishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
747 views06:08
Ochish/sharhlash