Get Mystery Box with random crypto!

​​ Oʻqituvchi va abituriyentlarga “Milliy sertifikat” olib ber | Davlat Test Markazi

​​ Oʻqituvchi va abituriyentlarga “Milliy sertifikat” olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi medotikalarga oʻrgatish milliy markazi oʻqituvchisi N.Sh. (muqaddam sudlangan) oʻqituvchi D.X.dan 20 nafar oʻqituvchining oylik maoshiga ustama qoʻshilishini taʼminlovchi va 39 nafar abituriyentga oliy oʻquv yurtiga kirishga imtiyoz beruvchi “Milliy sertifikat” olib berish evaziga jami 17 700 AQSH dollari talab qilib, shundan 6 600 AQSH dollarini qoʻlga kiritib qolgan 11 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, N.Sh.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qarshi shahridagi “T”. MFY boʻyicha hokim yordamchisi Sh.R. oʻqituvchi va abituriyentlarga qalbaki “Milliy sertifikat” tayyorlab berish evaziga N.Sh.dan 6 600 AQSH dollarini olganligi aniqlanib, yana 11 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi