Get Mystery Box with random crypto!

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ M
Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57.67K
Kanalning ta’rifi

👉 https://myurls.co/inspector_uz
👉 @jinoyatkodeksi_uz
👉 @jpk_uz
👉 @mjtk_uz
Боғланиш @inspector_aloqa_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 63

2022-02-11 12:35:36
Президент ЙХҲ инспекторлари фаолиятига қаршилик кўрсатиш муаммосига алоҳида эътибор қаратди.

Президент обратил особое внимание на проблему неподчинения требованиям инспекторов БДД.

Telegram | YouTube | instagram | facebook | TikTok да кузатинг
16.9K views09:35
Ochish/sharhlash
2022-02-11 12:31:45
ЙПХ ходимининг фаолиятига халақит бериб, қонуний талабни бажармаган ҳайдовчига нисбатан 15 сутка маъмурий қамоқ жазоси тайинланди.

2022 йил 9 февраль куни Чилонзор туманида чорраҳани ишоралар орқали бошқараётган ЙПХ ходими А.Ботировнинг хизмат фаолиятига халақит бериб, қонуний талабни бажармаган ҳайдовчи бўйича суд бўлиб ўтди.

2022 йил 10 февраль куни Тошкент шаҳар Жиноят ишлари бўйича Чилонзор тумани суди томонидан "Lacetti" русумли автомобиль ҳайдовчиси, 1991 йилда туғилган Ш.Э.нинг хатти-ҳаракатларида Ўзбекистон Республикаси Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги Кодекснинг 194-моддаси 1-қисми ҳамда 195-моддасида кўрсатилган ҳуқуқбузарлик аломатлари мавжуд деб топилиб, унга нисбатан 15 сутка маъмурий қамоқ жазоси тайинланди.

Telegram | Instagram | Twitter | Facebook
16.4K views09:31
Ochish/sharhlash
2022-02-10 20:39:37 ​Rashid boboning to‘rt nafar o‘g‘li bo‘lib, ular orasida Asil Rashidov akasi singari adabiyotga mehr qo‘yib, mohir tarjimon bo‘lib yetishgan. Sh. Rashidov Xursanoy aya bilan to‘rt qiz va bir o‘g‘ilni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ularing to‘ng‘ichi Sayyora Rashidova kimyo fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi. Yana bir qizi Gulnora Rashidova esa tarix fanlari nomzodi. Yorqinoy Rashidova Birlashgan Millatlar Tashkilotida O‘zbekistonning vakili sifatida faoliyat yuritgan. Dilorom Sharofovna texnika fanlari nomzodi. Oilaning yolg‘iz o‘g‘li Ilhom Rashidov esa yuridik fanlar nomzodi.

Bunday jonkuyar insonning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Jizzax viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shahridagi maktab, ko‘cha va mahallalarga uning nomi berildi. Shuningdek, tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida uning haykali o‘rnatildi.

Yaqinda u tahsil olgan oliy ta’lim muassasasiga ham Sharof Rashidov nomi berildi.
9.9K views17:39
Ochish/sharhlash
2022-02-10 20:39:22 7-mavzu

O‘ZBЕKNING IFTIXORI

Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov 1917-yilning 6-noyabrida Jizzax shahrida tug‘ilgan. Dastlab, Jizzax pedagogika texnikumi so‘ngra Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. U talabalik davrida mazkur viloyatning «Lenin yo‘li» gazetasida muxbir, mas’ul kotib, muharrir o‘rinbosari vazifalarida ishlaydi. Universitetning oxirgi kursida o‘qiyotganida esa muharrir darajasiga ko‘tariladi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanganida Sharof Rashidov ko‘ngillilardan bo‘lib jangga ketadi. U Shimoliy-G‘arbiy frontdagi o‘qchi brigadaning siyosiy rahbari hamda harbiy jurnalist sifatida faoliyat ko‘rsatayotganida endigina 25 yoshga qadam qo‘ygan edi. 1942-yilning noyabr oyida Sharof Rashidov urushdan og‘ir yarador bo‘lib qaytadi va maktabda direktorlik qilish bilan birga, tarix, adabiyot va rus tili fanlaridan o‘quvchilarga dars beradi.

1944-yilning may oyida Samarqand viloyat partiya qo‘mitasi kotibi qilib saylangan Sh. Rashidov 1947-yilda o‘zidagi iqtidor va tashkilotchilik qobiliyati tufayli 30 yoshida respublikamizning yetakchi nashri – «Qizil O‘zbekiston» gazetasi muharriri lavozimiga loyiq ko‘riladi. 1949–1950-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rais, o‘ttiz uch yoshida esa O‘zbekiston Oliy Kengashi Rayosati raisi qilib saylangan. Sobiq ittifoq tarixida bunday yosh rahbar oliy hokimiyat egasi bo‘lmagan edi.

1959-yildan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi etib saylangan yosh va uddaburon Sh. Rashidovning Guliston, Yangiyer va boshqa o‘nlab shaharlarning bunyod etilishida, yangi tumanlarning tashkil qilinishida xizmati katta bo‘lgan.
1966-yili Toshkentda yuz bergan kuchli zilzila davrida uning sa’y-harakatlari bilan nafaqat O‘zbekis¬ton, balki butun ittifoq falokat oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilinadi. Natijada esa qisqa muddat ichida poytaxtimiz yangi qiyofa kasb etadi.

Toshkentda Osiyo va Lotin Amerikasi yozuvchi va kinoaktyorlarining festivallari, adabiyot va san’at kunlarining o‘tkazilishiga rahnamolik qildi.

Sharof Rashidov mamlakatimizni boshqargan yillari Toshkent metropoliteni ishga tushiriladi. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi dunyoning eng katta 5 ta aviatsiya birlashmasidan biriga aylantirilib, yiliga 60 ta samolyot ishlab chiqaradi. Toshkent traktor zavodida yiliga 21 mingta traktor, «Tashselmash» zavodida esa 10 mingta paxta terish kombayni ishlab chiqarilgan. 1969-yilda Muruntov oltin koni ochilib, yiliga 100 tonna oltin qazib olinadi.

Shu boisdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida Jizzax shahrida uning memorial muzeyi tashkil qilindi. Ushbu maskanga kiraverishda Yurtboshimizning «Hech shubha yo‘qki, Sharof Rashidov nomini o‘zbek xalqining tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sharof Rashidov o‘z xalqiga va Vataniga fidoyi farzand edi», degan so‘zlarining bitilishi ham unga bo‘lgan buyuk hurmatning namunasidir.

Ming shukrki, Mustaqillik tufayli tarixiy adolat tiklandi. Sharof Rashidov buyuk shaxs sifatida tan olindi. Shundan ham ko‘rinib turibdiki, tarix ulug‘ murabbiy va buyuk tarbiyachi hisoblanadi. Chunki inson, xalq o‘tmishdan to‘g‘ri saboq chiqarib yashagandagina tarixiy adolatni qaror toptirish hamda o‘z kelajagini barpo etishga muyassar bo‘ladi.

Sh. Rashidov rahbarlik bilan bir qatorda, ijodni ham to‘xtatib qo‘ymadi. Uning qalamiga mansub «Chegarachi» dostoni, «Qahrim» she’rlar to‘plami, «G‘oliblar», «Bo‘rondan kuchli», «Qudratli to‘lqin» kabi yirik nasriy asarlari, «Kashmir qo‘shig‘i», «Komde va Mudan» kabi lirik qissalari hamda «Koinot» nomli kinoqissasi shular jumlasidandir. Adib hayotining so‘nggi yillarida yozgan «Dil amri» qissasida Ikkinchi jahon urushi davrida Belorus zaminida o‘zbek jangchilarining g‘alaba yo‘lida olib borgan hayot-mamot kurashi tasvirlangan.

Tinib-tinchimas fidoyi insonning davlat va jamiyat oldidagi xizmatlari ham yuksak qadrlanib, bir necha marotaba orden va medallar bilan taqdirlangan.
9.8K views17:39
Ochish/sharhlash
2022-02-10 20:17:10
ПРЕЗИДЕНТ САМАРҚАНДДА БИР НЕЧТА РАҲБАРНИ ИШДАН ОЛДИ, АЙРИМЛАРИНИ УСТИДАН ИШ ОЧИЛИШИ МУМКИН
10.4K views17:17
Ochish/sharhlash
2022-02-10 16:02:08
Қашқадарё ЙҲХБ бошлиғи ва «Nasafnews» мухбири ўртасидаги баҳсли мулоқот.
17.3K views13:02
Ochish/sharhlash
2022-02-09 15:10:55
АНДИЖОН
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДА ЖУДА КАТТА МИҚДОРДА ГИЁХВАНДЛИК ВОСИТАЛАРИ САҚЛАНАЁТГАНЛИГИ АНИҚЛАНДИ
13.9K views12:10
Ochish/sharhlash
2022-02-07 19:30:09
“Er nimaga kerak?”. Internetni “portlatgan” opaga parodiya qilishibdi

Telegram | YouTube | instagram | facebook | TikTok да кузатинг
11.0K views16:30
Ochish/sharhlash
2022-02-07 12:37:36 Firibgarlardan ogoh bo'ling!
———
Фирибгарлардан огоҳ бўлинг!
———
Остерегайтесь мошенников!
16.8K views09:37
Ochish/sharhlash