Get Mystery Box with random crypto!

Bundan tashqari, 200 tadan ortiq yangi maktab barpo etildi va | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Bundan tashqari, 200 tadan ortiq yangi maktab barpo etildi va 3 mingdan ortiq mavjud maktablar rekons¬truksiya qilindi va to‘liq jihozlandi. Shuningdek, 11 yillik maktab ta’limiga o‘tilishi munosabati bilan bo‘shab qolgan 383 ta kasb-hunar kolleji maktabga aylantirilib, qo‘shimcha 221 mingta o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Ko‘plab yangi oliy ta’lim dargohlari ochilib, ta’limning bakalavriat, magistratura va sirtqi shakllari uchun kvotalar oshirildi, kechki ta’lim shakli joriy etildi. Natijada maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim bilan qamrov darajasi oldingi 9 foizdan qariyb 30 foizga yetkazildi.
Sog‘liqni saqlash tizimida ham muhim islohotlar izchil olib borilmoqda. Shifoxonalar va tez tibbiy yordam punktlarini dori-darmon va zarur buyumlar bilan ta’minlash maqsadida davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar miqdori o‘tgan davrda 12 barobar ko‘paytirildi. Avvallari ma’lum sabablar bilan yopilib ketgan oilaviy shifokorlik punktlari qayta ochildi, birlamchi tibbiyot xalqqa yaqinlashtirildi.
Aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasiga ham katta e’tibor berilmoqda. Yangi massivlar, shaharchalar qurilib, ehtiyojmand fuqarolarga uzoq muddatli ipoteka kreditlari va subsidiyalar asosida sotilmoqda.
O‘zbekistondagi inson omiliga e’tibor, uning huquq va erkinliklari ta’minlanishi, qonun ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, so‘z erkinligi, majburiy mehnatga chek qo‘yish va ochiq siyosat yuritish bo‘yicha erishilgan yutuqlarni bugun xalqaro hamjamiyat alohida e’tirof etmoqda.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, yurtimizda kecha¬yotgan ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish birlamchi vazifaga aylandi. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o‘zgartirmoqda. Inson qadri tom ma’noda ulug‘lanib, «Davlat – inson uchun» degan ezgu g‘oya hayotda o‘zining amaliy ifodasini topyapti.

Abduvosit SIDIQOV,
o‘z muxbirimiz.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular