Get Mystery Box with random crypto!

MAKTABLARDA QUYIDAGI UCH TURDAGI BUYRUQLAR YURITILADI 1-asosi | Maktab | Rasmiy kanal

MAKTABLARDA QUYIDAGI UCH TURDAGI BUYRUQLAR YURITILADI

1-asosiy faoliyatga oid buyruqlar;
2-kadrlar faoliyatiga oid buyruqlar;
3-oʻquvchilar harakatiga oid buyruqlar.


ASOSIY FAOLIYATGA OID BUYRUQ – maktabning oʻquv-tarbiya, maʼnaviy-maʼrifiy va hoʻjalik faoliyatini tartibga solish hamda yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan topshiriq (buyruq)lar ijrosi yuzasidan rasmiylashtiriladi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlarning tartib raqami har yil boshidan belgilanib, ketma-ketlikda raqamlanib boriladi.
Qabul qilingan buyruqda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan nazorat maktab direktori tomonidan olib boriladi.

Asosiy faoliyatga oid buyruqlar elektron shaklda (matn koʻrinishida) tayyorlanib qogʻozda chop etiladi va maktab direktori tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlangan holda yigʻma jild(reyestr)da tikib boriladi va 15 yil muddatda saqlanadi.

KADRLAR FAOLIYATIGA OID BUYRUQLAR – Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 28-maydagi 136-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi tizimida kadrlarga oid ish yuritish boʻyicha namunaviy yoʻriqnoma” asosida yuritiladi. Kadrlar faoliyatiga oid buyruqlarni tayyorlash va yuritish uchun kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) masʼul hisoblanadi. Kadrlar faoliyatiga doir buyruqlar alohida daftarda qayd etilib, maktab direktori tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.

Kadrlar faoliyatga doir buyruqlar daftari maktabda 75 yil muddatda saqlanadi. Pedagog va texnik xodimlarni ishga qabul qilish hamda xodim tashabbusiga koʻra ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da elektron shaklda yuritiladi.

Pedagog va texnik xodimlarni ishga qabul qilish hamda xodim tashabbusiga koʻra ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da rasmiylashtirilib, qogʻozda chop etiladi va maktab direktori tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlangan holda yigʻma jild(reyestr)da tikib boriladi.

OʻQUVCHILAR HARAKATIGA OID BUYRUQLAR – maktabning birinchi sinfiga hamda oʻquv yili yoki yozgi taʼtil davomida maktabga qabul qilingan yoki maktabdan ketgan oʻquvchilar hisobini yuritish uchun rasmiylashtiriladi. Mazkur buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da elektron shaklda rasmiylashtirilib, qogʻozda chop etiladi va maktab direktori tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.

Yozgi taʼtil davomida maktabga kelgan yoki maktabdan ketgan oʻquvchilarga ota-onasining arizasi (kelish-ketish talon) asosida shuningdek, maktabning birinchi sinfiga qabul qilingan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da shu kunning oʻzida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Zaruratga koʻra, 9-sinf bitiruvchilari akademik litsey, kasb-hunar maktablari yoki boshqa taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishi sababli 10-sinfda oʻquvchilar soni kamayib ketgan taqdirda sinflarni qayta komplektlashda alohida buyruq rasmiylashtirilishi mumkin. Buyruqlar har oʻquv yili boshidan (2-sentyabr) yangi tartib raqami bilan qayd etib boriladi. Oʻquvchilarga oid buyruqlarning yuritilishiga maktab direktorining oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosari masʼul hisoblanadi.

Oʻquvchilar harakatiga oid buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da rasmiylashtirilib, qogʻozda chop etiladi va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi hamda yigʻma jild(reyestr)da tikib boriladi va maktabda 50 yil muddatda saqlanadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 205-sonli buyrugʻi

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa