Get Mystery Box with random crypto!

Maktab o‘qituvchilariga 7,8 mlrd so‘mlik ta’til pullari undiri | Maktab | Rasmiy kanal

Maktab o‘qituvchilariga 7,8 mlrd so‘mlik ta’til pullari undirib berildi

Mehnat kodeksini amalga kiritishga doir normativ hujjatni qabul qilish kechikishi ortidan qator tumanlarda pedagoglarning ta’til pullari kamayib ketgandi. Muammo bartaraf etilgach, kasaba uyushmalari tomonidan 8 ming 243 nafar pedagog xodimning ta’til pullari qayta hisob-kitob qilinib, xodimlar foydasiga 7 mlrd 825 mln 86 ming so‘m mablag‘ undirib berilgan.

Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi  xabariga ko‘ra, 9403 ta taʼlim muassasasida pedagoglarning taʼtillariga oid buyruqlar oʻrganilgan, shundan 656 ta buyruqni rasmiylashtirishda xatoliklar aniqlangan va ushbu xatoliklar joyida bartaraf etilib, pedagoglarga taʼtil bilan bogʻliq tegishli mablagʻlar undirib berilgan. Shuningdek, 20 ming 550 nafar pedagog xodimning “taʼtil olish huquqim buzildi” mazmunidagi murojaatlari oʻrganilib, ular boʻyicha tushuntirishlar va bepul huquqiy maslahatlar  berish bilan birga qonuniy huquqlari tiklangan.

Manba: Kun.uz

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa