Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahridagi maktablar 4864 ta kompyuter bilan ta’minla | Maktab | Rasmiy kanal

Toshkent shahridagi maktablar 4864 ta kompyuter bilan ta’minlanmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablardagi kompyuter sinfxonalari xatlovdan o’tkazilayotganligi haqida xabar bergandik.

Ayni damda Toshkent shahridagi maktablarning barcha kompyuter xonalari xatlovdan o’tkazilib, mavjud 335 ta maktabdan 258 tasida kompyuter jihozlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Ushbu ehtiyojni qoplash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablarga 304 dona kompyuter sinfxonalari to’plami jo’natilmoqda.

Har bir to’plam 16 ta kompyuter, 1 dona printer, konditsioner, interaktiv doska va serverdan tashkil topgan.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa