Get Mystery Box with random crypto!

SINF RAHBARLARINING YANGI NIZOMIGA ESKISIDAN FARQLI O’LAROQ QA | Maktab | Rasmiy kanal

SINF RAHBARLARINING YANGI NIZOMIGA ESKISIDAN FARQLI O’LAROQ QANDAY O’ZGARTIRISH VA QO’SHIMCHALAR QO’SHILDI?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27- iyundagi 190-sonli buyrugʻi bilan sinf rahbarlarining yangi lavozim yo‘riqnomasi qabul qilindi. Ushbu 190-sonli buyruq bilan Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 30-iyuldagi 180-sonli buyrug’i, 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug’i va 2021-yil 1-martdagi 52-sonli buyruqlari bekor qilindi.

Avvalgi 41-sonli buyruq bilan tasdiqlangan nizomda sinf rahbarlari 1-4-sinfda va 5-11-sinfda yagona sinf rahbari sifatida tayinlash bo’yicha keltirilgan bandlar bor edi. Yangi nizomda 1-4-sinfda va 5-11-sinfda yagona sinf rahbari sifatida tayinlash haqida yozilmagan.

Shuningdek, avvalgi nizomda sinf rahbarlarining faoliyati yanvar va iyun oylarida baholanishi va o’qituvchilar xonasiga ilib qo’yilishi haqida yozilgan edi. Yangi nizomda ushbu bob chiqarib tashlandi.

Sinf rahbarining yangi lavozim yo‘riqnomasi bilan “Sinf rahbarlari” uslubiy birlashmasi tuziladi va unga barcha sinf rahbarlari a’zo hisoblanadi. “Sinf rahbarlari” uslubiy birlashmasi o’z faoliyatida; sinf rahbarlarining yillik ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va oʻtkazishga yordam berish, ularning samaradorligini oshirish, ishlarini muvofiqlashtirish, ish tajribalarini ommalashtirish kabi ishlarni bajaradi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa