Get Mystery Box with random crypto!

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING DARS TAQSIMOTI BO‘YICHA. | Maktab | Rasmiy kanal

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING DARS TAQSIMOTI BO‘YICHA.

Yaqinda (may oyida) maktablarga tekshiruvga chiqdik. Tekshiruv prokraturaning topshirig‘i bo‘yicha bo‘lganligi sababli, maktabning kompleksini o‘rgandik. Shu jumladan, dars taqsimoti, tarifikatsiyalarni ham.

Ko‘plab maktablarda dars taqsimotida quyidagi xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Ya’ni, boshlang‘ich sinflardagi ona tili va o‘qish savodxonligi darsini bir o‘qituvchiga, matematika darsini ikkinchi o‘qituvchiga, sinf rahbarligini esa yana boshqa o‘qituvchiga berishib, darslarni o‘zaro bo‘lib yuborishgan.

Vaholanki, Adliya vazirligidan 2020-yil 30-iyunda 3271-son bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan qo‘shma qarorning  23-bandida va Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli nizomining 10-bandida, boshlang‘ich sinflardagi asosiy fanlar; o‘qish, ona tili, matematika va sinf rahbarligi faqatgina bir nafar o‘qituvchiga berilishi kerakligi haqida gap boradi va ushbu fanlar, sinf rahbarligi faqatgina bir nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga berilishi kerak. Qolaversa, boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchilar uchun ham turli xil o‘qituvchilarning dars o‘tishi, o‘quvchilarning o‘qish va o‘zlashtirishi, tarbiya jarayoniga ham salbiy ta’sir etishi mumkin.

Shu kabi xatolikka kelgusi o‘quv yilida yo‘l qo‘ymaslikni aytib qo‘ymoqchimiz. To‘g‘ri, boshlang‘ich sinflarda dars taqsimoti har yili  uzoq cho‘ziladi va turli xil kelishmovchiliklarga sabab bo‘ladi. Lekin, o‘quvchilarning ta’limini va bir kun kelib tekshiruv bo‘lishini ham hisobga olish kerak.

Yuqoridagi 3271-sonli qo‘shma qarorning 27-bandida nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq javobgarlik borligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Dars taqsimoti bo‘yicha kelgusida ko‘plab kerakli ma’lumotlar berib borishni reja qilganmiz, bizni kuzatishda davom eting.

Manba: O‘qituvchiga hujjat kanali.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa