Get Mystery Box with random crypto!

Makka sari | Kanal toʻxtagan

Telegram kanalining logotibi makka_sari — Makka sari | Kanal toʻxtagan M
Telegram kanalining logotibi makka_sari — Makka sari | Kanal toʻxtagan
Kanal manzili: @makka_sari
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 214

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-20 04:22:35 ​​Oʻgʻlimni qishloqni tekis yoʻlidan velosipedda Qurʼon bilan Matematikaga ixtisoslashtirilgan bogʻchaga tinchgina olib borib, oʻzim mahalladagi ixcham masjidda Hidoyadan navbatdagi darsni oʻtgani keldim.

Butun boshli orzu-maqsadlarim(iz) shunda jam.
1.8K views01:22
Ochish/sharhlash
2022-04-20 04:05:26 Bilishimiz kerak boʻlgan narsa shuki, hozirgi gʻarib holatimiz oʻtmishdagi loqaydlik, eʼtiborsizlik, mayda-chuyda ishlardagi murosasiz ixtiloflarimizning va boshqa xatolarimizning xosilasidir. Tarix eng yaxshi muallim.

Bu holatimizni oʻnglash uchun:

• Agar imom boʻlsangiz jamoat bilan Falastinliklar haqqiga duo qiling. "Falastin" soʻzi ishlatilmasa ham jamoatni oʻzi tushunib oladi. Pozitsiyangizni bildirib qoʻying. Bu pozitsiyalar toʻlqini Falastinga yetib borib, zolim qalblarga qoʻrquv soladi, albatta. Munkarni faqat qalb bilan qaytarib eng nozik iymon egasi boʻlib qolishdan saqlaning. Imomlikdan olinish xavfini esa jannat kaliti deb biling.

• Agar oddiy ishchi, taksist, oʻqituvchi, injener, shifokor, oshpaz,... boʻlsangiz turmush tarzingizni Islomiy meʼyorlarda sozlab, kasbiy amalingizni eng yaxshi holatda bajaring. Oʻz xulqingiz bilan Islom iforini taratuvchi gulga aylaning.

• Agar moddiy taraflama boy boʻlsangiz odamlar oʻqishi zarur boʻlgan kitoblar uchun toʻlov qilib, minglab kitoblarni tannarxini arzonlashtiring. Oddiy kitobxon boʻlsangiz oʻqigan kitoblaringizni boshqa odamlarga oʻqigani bering.

• Uy bekasi, bolalarni onasi boʻlsangiz "Yo Robbim! Musulmonlarni oldingi saflarida turib Quddusni himoya qilishni istashimizni, ammo bunga qudratimiz yetmasligiga ham Oʻzing guvohsan! Lekin qudratimiz yetganini qilamiz", deb duo qilib, bolalaringiz bilan Qurʼon maʼnolari tarjimasi, Riyozus Solihiynni xatm qiling.

• Kuchsiz, semiz boʻlsangiz sport bilan shugʻullaning. Iloji boʻlsa yakka kurashlar bilan.

• Gunohligini bilib turib maʼsiyatlardan qaytmay yuradigan birodarlar, shu gunohlaringizni tashlash orqali musulmonlarni holini oʻnglashda ishtirok eting.

• Bu roʻyxatni koʻp davom ettirish mumkin. Jamiyatdagi ijtimoiy holatidan kelib chiqib har bir kishining bajarishi kerak boʻlgan asosiy vazifalari bor.
Islom atalmish bogʻda har birimiz yashnab turgan gulga aylanishimiz kerak. Shunda umumiy manzara oʻzgaradi.

Tarmoqlarda post qoʻyib, izohlarda faol boʻlishni oʻzi yaramaydi. Facebook ham "soʻz erkinligi" degan maskasini uloqtirib, yahudlarni zulmi koʻrsatilgan xabarlarga blok qoʻyyapti. Baʼzilar, nega Yevropa OAVlari jim, deyishyapti. Siz nimani kutgandingiz? Kofirlar bu kabi zulm, ikkiyuzlamachiliklarini to qiyomatgacha toʻxtatishmaydi:

زُيِّنَ لِلْكَافِرِينَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ
Kofirlarni qilayotgan ishlari ziynatlab qoʻyildi.
Oʻzlariga yoqib turgan ishdan nega toʻxtasinlar?

Bizning joriy holatimizga qarab yo zulmlarini ochiqchasiga qilishadi, yo kuchi yetmagan avlod ich-ichidan yonib, ichida saqlagan nafratini keyingilariga qoldirib, oʻtib ketadi. Zulm zolimlar boshiga osmondan tosh yogʻilishi yoki gʻoyibdan boshqa biror hodisa boʻlish bilan emas, oʻz-oʻzimizni tizimli va ratsional ravishda isloh qilishimiz bilan (vaqtinchalikka) barham topadi.

إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ
Bir qavm oʻzini isloh qilmagunlaricha Alloh ularni isloh qilmaydi.

Alloh bizlarga oʻz-oʻzimizni isloh qilib, Qurʼonda tariflagan moʻminlar kabi sifatlanganimidan soʻng zolimlar zulmi davf boʻlishini tushunadigan aql, hikmat bersin!

Zero Alloh va’dasi haq boʻlgan Zot:
وَلَن يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا
Alloh hargiz kofirlarga moʻminlar ustidan yoʻl bermaydi.

P.S. Ushbularni yozgach, oldin Mahmud Usmon akamga koʻrsatib, fikrlarini oldim. Ular ham yozganlarimni maʼqulladilar.

@makka_sari #fikr
1.5K viewsedited  01:05
Ochish/sharhlash
2022-03-15 19:03:03 Shu maʼnodagi savollar juda koʻp kelgan: Makka, Madinada ilm olib, keyin qanday qilib butunlay qolib ketish mumkin, buni yoʻli bormi? Hozir buni yoʻlini tushuntirmoqchi emasman.
(Bu post ilm toliblarigagina qaratilgan.)

Har qaysi moʻmin borki, haramaynda yashab qolishni orzu qiladi. Umuman, inson oʻz qarashlariga mos muhitda yashashni istaydi. Rasmlariga qarab orzuqadi. Lekin men masalaga hissiyotlarsiz, alq bilan yondoshish tarafdoriman va hozir shaxsiy qarashimnigina bayon qilaman. Albatta bu siznikidan farq qilishi mumkin.

Tasavvur hosil boʻlishi uchun ushbu ayanchli hikoyani keltiraman:
Suvsizlikdan qiynalayotgan qavmning bir qancha a’zosi suv olib kelish uchun suv serob joylarga safar qilishdi. Suv serob manzillarga yetib kelishdi va avvalo oʻzlarini chanqogʻlarini qondirishdi. Qarashsalar bu oʻlkani turgan bitgani rohat-farogʻat ekan. Nega kelishgani eslaridan chiqdi. Koʻpchiligini ketkisi kelmay qoldi. Oqiljon esa "biz qavmimizga suv olib borish uchun kelmaganmizmi", deb sheriklarini ogohlantirdi. Sheriklari unga quloq solishmadi. Chunki bunday yaxshi makondan suvsiz sahroga qaytishni istashmadi. Oqiljon oʻzi koʻtarishi mumkin boʻlgan yukni yelkalab, yurtiga qaytib ketdi. Lekin baribir yakka kishi butun qavmga yetadigan miqdordagi suvni olib bora olmasdi. Haqiqatda suv hammaga yetmadi. Oqibatda qavmning nimjonlari birin-ketin suvsizlikdan halok boʻla boshlashdi.

Hikoyada Islom suvga qiyoslandi. Ilm safarida boʻlib (yoki endi niyat qilib) turgan birodarim, qavmingiz Islomsizlikdan qiynalayotganda, sizni oʻsha yerda umrbod qolish niyatingizni hecham oqilona qaror deb boʻlmaydi. Ikkita ishdan birini tanlashda nafsga ogʻirrogʻi haqqa yaqin boʻladi. Bugun Misr, Saudiya, Turkiya kabi yirik manzillarda Islom zehniyatini katta qismi saqlanadi. U yerda sizni darajangizdagi olimlar yetarlicha. Yurtingiz esa siz kabi mutaxassislar yetishmay, ilmingizga katta ehtiyoj bor. Oʻsha yerda koʻproq keraksiz. Bu yoʻnalishdan qat’i nazar xorijda ilm talab qiluvchi barcha vatandoshlarga ta’luqli. Yurt deganda millionlagan ummatni nazarda tutaman, hukmron siyosiy tashkilotni emas. Siyosiy tashkilot uchun qaytib kelmaganingiz maʼqul.

وَكَذَ ٰ⁠لِكَ أَوۡحَیۡنَاۤ إِلَیۡكَ قُرۡءَانًا عَرَبِیࣰّا لِّتُنذِرَ أُمَّ ٱلۡقُرَىٰ وَمَنۡ حَوۡلَهَا

Zero Alloh taolo Shuro surasini 7-oyatida Qur'onni nozil qilishdagi maqsadlarni bayon qilib, faqat Ummul Quro(Makka)nigina emas, balki uni atroflarini ham ogohlantirish uchun vahiy qilganini aytadi. Ilm hamma yerga teng yoyilishi maqsadga muvofiq. Yoʻqsa, ilmni yetkazish vazifasi boʻlmaganda sahobiylar ham iymon markazi boʻlgan Madinadan tashqariga chiqishmas edilar. رضي الله عنهم

Demak, koʻpchilik biror sohada xorijda ilm olib, mutaxassis boʻlgach, boshqa yurtlarda qolishni emas, oʻz yurtiga qaytishni oʻylashi kerak. Bu haqda koʻp yozish mumkin edi. Choʻzilib ketmasligi uchun shu yerda toʻxtamiz. Xulasa chiqarish uchun yetarli boʻldi deb oʻylayman.

Alloh bizga ikki dunyoda manfaatli ilmlarni oʻrganib, unga amal qilishni va uni muhtojlarga yetkazishni nasib qilsin!
@Makka_sari #savol
1.3K viewsedited  16:03
Ochish/sharhlash
2022-03-15 19:01:45
"Ватандошлик дастури" kitobidan ilhomlanib mana shu foydali infografikani tuzgandim.
@makka_sari #maʼlumot
990 viewsedited  16:01
Ochish/sharhlash
2022-03-15 19:00:43
Tarjima ishlarini kichik bir qismida qanashganim "Ватандошлик дастури" kitobi haqida.

Kitobda jamiyatni boshqaradigan tizim "Саморегулирующие система" - "oʻz-oʻzini nazorat qiluvchi tizim" deb atalgan. Uni oʻqib muallifning fikrlari Islomning asosiy tamoyillarga qanchalar mosligini koʻrasiz. Muallif Yulo Vuglayd yo istab, yo istamay Islomga juda yaqin kelib qolgan. Alloh olimga hidoyat bersin.

Yana bir gap, kitob toʻlaqonli davlat, jamiyat, insonlar haqida boʻlsada unda birorta "fuqaro" soʻzini uchratmaysiz. Ilk mustaqillik davrlarida ruscha "гражданин" termini oʻzbekchaga "fuqaro" deb oʻgirilgan. Ushbu kitobda esa bu termin "vatandosh" soʻzi bilan ifodalangan. Bu juda ajoyib jaranglaydi. Kelajakda "fuqaro" termini oʻrniga "vatandosh" soʻzi qoʻllaniladi va u shu kitobdan boshlanadi, inshaalloh.

Asosiy tarjimon Ustozimiz Hamid Sodiqni gaplariga koʻra kitob yoz oylarida tayyor boʻlib, nashrdan chiqadi, inshaalloh. Xullas qiziqtira oldim, deb oʻylayman.
@makka_sari #kitob
989 views16:00
Ochish/sharhlash
2022-03-08 17:30:02 Bu infografikada Saudiyadagi barcha Universitetlarning nomi, mavqifi va saytlari mavjud.

@Makka_sari #maʼlumot
1.7K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-03-05 21:08:32 Bugun men oʻqigan eng yaxshi jumla:
Ota bilan oʻgʻil oʻzaro savdolashishmaydi.
1.3K views18:08
Ochish/sharhlash
2022-03-02 20:07:14
Oʻylab-oʻylab shu soʻzni topishipti: "koʻmaklashish". Shular koʻmaklashmay turganda Misrga borib Azharga kirish osonroq, tezroq, qulayroq edi. Iddaosi koʻmaklashish, muddaosi esa halal berish, taqiqlash, nazoratga olish.

Unga Misrga ketgan 18 yoshdan, 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar statistikasi keltirildi. Raqamlarni koʻrib uni yuragi oʻynab ketti. Galstugini boʻshatib, tepa tugmasini yechib qoʻydi. Chunki raqamlar oʻtkan yilnikidan ancha koʻpaygandi. Tamaki hidi anqib ketgan xona devoridagi birinchi rahbarni rasmiga termulgancha sigarani chuqur tortib – buni bir nima qilish kerak – dedi, pichirlab.

Natijada yana bir, mana shunday mantiqsiz byurokratiya paydo boʻldi. Bu raqamlarni kamaytirishi mumkin, lekin ehtiyojlarni kamaytirmaydi. Teskari effekt beradi.

*Rasmdagi Azharda oʻqish uchun ariza namunasi.

@makka_sari #fikr (negativ)
2.0K viewsedited  17:07
Ochish/sharhlash
2022-02-24 17:00:20
#maʼlumot
Amira Nura Universiteti xorijlik tolibalarga qabulni ochdi. Riyoz shahridagi bu Universitet ayol-qizlar uchun moʻljallangan. Qabul 27-martgacha ekan. Universitet haqida batafsil maʼlumotlarni rasmiy saytidan olishingiz mumkin:pnu.edu.sa

Arab tilini bilish shart qilinmaydi. Ariza topshirish vaqtida Saudiyadagi mahram talab qilinmaydi. Safar esa mahram bilan boʻladi. Ariza topshirish uchun: https://op.pnu.edu.sa/Scholarships/External.aspx

@makka_sari
2.1K views14:00
Ochish/sharhlash