Get Mystery Box with random crypto!

Shu maʼnodagi savollar juda koʻp kelgan: Makka, Madinada ilm o | Makka sari | Kanal toʻxtagan

Shu maʼnodagi savollar juda koʻp kelgan: Makka, Madinada ilm olib, keyin qanday qilib butunlay qolib ketish mumkin, buni yoʻli bormi? Hozir buni yoʻlini tushuntirmoqchi emasman.
(Bu post ilm toliblarigagina qaratilgan.)

Har qaysi moʻmin borki, haramaynda yashab qolishni orzu qiladi. Umuman, inson oʻz qarashlariga mos muhitda yashashni istaydi. Rasmlariga qarab orzuqadi. Lekin men masalaga hissiyotlarsiz, alq bilan yondoshish tarafdoriman va hozir shaxsiy qarashimnigina bayon qilaman. Albatta bu siznikidan farq qilishi mumkin.

Tasavvur hosil boʻlishi uchun ushbu ayanchli hikoyani keltiraman:
Suvsizlikdan qiynalayotgan qavmning bir qancha a’zosi suv olib kelish uchun suv serob joylarga safar qilishdi. Suv serob manzillarga yetib kelishdi va avvalo oʻzlarini chanqogʻlarini qondirishdi. Qarashsalar bu oʻlkani turgan bitgani rohat-farogʻat ekan. Nega kelishgani eslaridan chiqdi. Koʻpchiligini ketkisi kelmay qoldi. Oqiljon esa "biz qavmimizga suv olib borish uchun kelmaganmizmi", deb sheriklarini ogohlantirdi. Sheriklari unga quloq solishmadi. Chunki bunday yaxshi makondan suvsiz sahroga qaytishni istashmadi. Oqiljon oʻzi koʻtarishi mumkin boʻlgan yukni yelkalab, yurtiga qaytib ketdi. Lekin baribir yakka kishi butun qavmga yetadigan miqdordagi suvni olib bora olmasdi. Haqiqatda suv hammaga yetmadi. Oqibatda qavmning nimjonlari birin-ketin suvsizlikdan halok boʻla boshlashdi.

Hikoyada Islom suvga qiyoslandi. Ilm safarida boʻlib (yoki endi niyat qilib) turgan birodarim, qavmingiz Islomsizlikdan qiynalayotganda, sizni oʻsha yerda umrbod qolish niyatingizni hecham oqilona qaror deb boʻlmaydi. Ikkita ishdan birini tanlashda nafsga ogʻirrogʻi haqqa yaqin boʻladi. Bugun Misr, Saudiya, Turkiya kabi yirik manzillarda Islom zehniyatini katta qismi saqlanadi. U yerda sizni darajangizdagi olimlar yetarlicha. Yurtingiz esa siz kabi mutaxassislar yetishmay, ilmingizga katta ehtiyoj bor. Oʻsha yerda koʻproq keraksiz. Bu yoʻnalishdan qat’i nazar xorijda ilm talab qiluvchi barcha vatandoshlarga ta’luqli. Yurt deganda millionlagan ummatni nazarda tutaman, hukmron siyosiy tashkilotni emas. Siyosiy tashkilot uchun qaytib kelmaganingiz maʼqul.

وَكَذَ ٰ⁠لِكَ أَوۡحَیۡنَاۤ إِلَیۡكَ قُرۡءَانًا عَرَبِیࣰّا لِّتُنذِرَ أُمَّ ٱلۡقُرَىٰ وَمَنۡ حَوۡلَهَا

Zero Alloh taolo Shuro surasini 7-oyatida Qur'onni nozil qilishdagi maqsadlarni bayon qilib, faqat Ummul Quro(Makka)nigina emas, balki uni atroflarini ham ogohlantirish uchun vahiy qilganini aytadi. Ilm hamma yerga teng yoyilishi maqsadga muvofiq. Yoʻqsa, ilmni yetkazish vazifasi boʻlmaganda sahobiylar ham iymon markazi boʻlgan Madinadan tashqariga chiqishmas edilar. رضي الله عنهم

Demak, koʻpchilik biror sohada xorijda ilm olib, mutaxassis boʻlgach, boshqa yurtlarda qolishni emas, oʻz yurtiga qaytishni oʻylashi kerak. Bu haqda koʻp yozish mumkin edi. Choʻzilib ketmasligi uchun shu yerda toʻxtamiz. Xulasa chiqarish uchun yetarli boʻldi deb oʻylayman.

Alloh bizga ikki dunyoda manfaatli ilmlarni oʻrganib, unga amal qilishni va uni muhtojlarga yetkazishni nasib qilsin!
@Makka_sari #savol