Get Mystery Box with random crypto!

Bilishimiz kerak boʻlgan narsa shuki, hozirgi gʻarib holatimiz | Makka sari | Kanal toʻxtagan

Bilishimiz kerak boʻlgan narsa shuki, hozirgi gʻarib holatimiz oʻtmishdagi loqaydlik, eʼtiborsizlik, mayda-chuyda ishlardagi murosasiz ixtiloflarimizning va boshqa xatolarimizning xosilasidir. Tarix eng yaxshi muallim.

Bu holatimizni oʻnglash uchun:

• Agar imom boʻlsangiz jamoat bilan Falastinliklar haqqiga duo qiling. "Falastin" soʻzi ishlatilmasa ham jamoatni oʻzi tushunib oladi. Pozitsiyangizni bildirib qoʻying. Bu pozitsiyalar toʻlqini Falastinga yetib borib, zolim qalblarga qoʻrquv soladi, albatta. Munkarni faqat qalb bilan qaytarib eng nozik iymon egasi boʻlib qolishdan saqlaning. Imomlikdan olinish xavfini esa jannat kaliti deb biling.

• Agar oddiy ishchi, taksist, oʻqituvchi, injener, shifokor, oshpaz,... boʻlsangiz turmush tarzingizni Islomiy meʼyorlarda sozlab, kasbiy amalingizni eng yaxshi holatda bajaring. Oʻz xulqingiz bilan Islom iforini taratuvchi gulga aylaning.

• Agar moddiy taraflama boy boʻlsangiz odamlar oʻqishi zarur boʻlgan kitoblar uchun toʻlov qilib, minglab kitoblarni tannarxini arzonlashtiring. Oddiy kitobxon boʻlsangiz oʻqigan kitoblaringizni boshqa odamlarga oʻqigani bering.

• Uy bekasi, bolalarni onasi boʻlsangiz "Yo Robbim! Musulmonlarni oldingi saflarida turib Quddusni himoya qilishni istashimizni, ammo bunga qudratimiz yetmasligiga ham Oʻzing guvohsan! Lekin qudratimiz yetganini qilamiz", deb duo qilib, bolalaringiz bilan Qurʼon maʼnolari tarjimasi, Riyozus Solihiynni xatm qiling.

• Kuchsiz, semiz boʻlsangiz sport bilan shugʻullaning. Iloji boʻlsa yakka kurashlar bilan.

• Gunohligini bilib turib maʼsiyatlardan qaytmay yuradigan birodarlar, shu gunohlaringizni tashlash orqali musulmonlarni holini oʻnglashda ishtirok eting.

• Bu roʻyxatni koʻp davom ettirish mumkin. Jamiyatdagi ijtimoiy holatidan kelib chiqib har bir kishining bajarishi kerak boʻlgan asosiy vazifalari bor.
Islom atalmish bogʻda har birimiz yashnab turgan gulga aylanishimiz kerak. Shunda umumiy manzara oʻzgaradi.

Tarmoqlarda post qoʻyib, izohlarda faol boʻlishni oʻzi yaramaydi. Facebook ham "soʻz erkinligi" degan maskasini uloqtirib, yahudlarni zulmi koʻrsatilgan xabarlarga blok qoʻyyapti. Baʼzilar, nega Yevropa OAVlari jim, deyishyapti. Siz nimani kutgandingiz? Kofirlar bu kabi zulm, ikkiyuzlamachiliklarini to qiyomatgacha toʻxtatishmaydi:

زُيِّنَ لِلْكَافِرِينَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ
Kofirlarni qilayotgan ishlari ziynatlab qoʻyildi.
Oʻzlariga yoqib turgan ishdan nega toʻxtasinlar?

Bizning joriy holatimizga qarab yo zulmlarini ochiqchasiga qilishadi, yo kuchi yetmagan avlod ich-ichidan yonib, ichida saqlagan nafratini keyingilariga qoldirib, oʻtib ketadi. Zulm zolimlar boshiga osmondan tosh yogʻilishi yoki gʻoyibdan boshqa biror hodisa boʻlish bilan emas, oʻz-oʻzimizni tizimli va ratsional ravishda isloh qilishimiz bilan (vaqtinchalikka) barham topadi.

إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ
Bir qavm oʻzini isloh qilmagunlaricha Alloh ularni isloh qilmaydi.

Alloh bizlarga oʻz-oʻzimizni isloh qilib, Qurʼonda tariflagan moʻminlar kabi sifatlanganimidan soʻng zolimlar zulmi davf boʻlishini tushunadigan aql, hikmat bersin!

Zero Alloh va’dasi haq boʻlgan Zot:
وَلَن يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا
Alloh hargiz kofirlarga moʻminlar ustidan yoʻl bermaydi.

P.S. Ushbularni yozgach, oldin Mahmud Usmon akamga koʻrsatib, fikrlarini oldim. Ular ham yozganlarimni maʼqulladilar.

@makka_sari #fikr