Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi mahallayetakchilari — . M
Telegram kanalining logotibi mahallayetakchilari — .
Kanal manzili: @mahallayetakchilari
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda Yoshlar ishlari agentligining mahalla yetakchilari faoliyatiga oid yangiliklar va uslubiy qo’llanmalar berib boriladi

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-08-28 18:58:11
Futbol va mini-futbol bo’yicha Davlat Xavfsizlik Xizmati kubogi eng chekka hududlardan minglab yosh iqtidorlarni kashf qildi. Yakunda Chempion Bo’ka tumaning “Do’stlik”, mini futbol bo’yicha Baliqchi tumanining “Ko’l” jamoalari bo’lishdi. G’alabalar muborak bo’lsin!

P.S. Davlat Xavsizlik Xizmati, Futbol Assotsatsiyasiga yuqori saviyadagi va eng muhimi adolatli tashkil etilgan turnir uchun yoshlar nomidan alohida tashakkur bildiraman. Stadion to’lib toshgani ham buning isboti bo’lsa kerak, sharhlovchimiz @Davron_Fayziev akaga ham katta rahmat, finalga alohida kayfiyat bag’ishladilar.

@alisher_sadullaev
984 views15:58
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:19:25 Davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talablari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Prezidentimizning mamlakatimiz ta’lim tizimiga bergan alohida e’tibori, jumladan, talabalarga oliy ta’lim olishlari uchun ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi natijasida 2022/2023-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

@alisher_sadullaev
1.5K views18:19
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:19:25 Mandat e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

@alisher_sadullaev
1.3K views18:19
Ochish/sharhlash
2022-08-27 17:45:43
Futbol boʻyicha DXX kubogida mahallalardan saralanib chiqqan chempionlarimiz — Toshkent viloyatining “Doʻstlik” mahallasi jamoasi va Sirdaryo viloyatining “Bogʻiston” mahallasi jamoasi futbol ixlosmandlariga unutilmas final uchrashuvini namoyish etishmoqda.

Hozircha hisob 1:0. “Doʻstlik” mahallasi jamoasi oldinda boryapti. Finalning 2-boʻlimi boshlandi. Albatta, tomosha qiling va yigitlarimizni qoʻllab-quvvatlang:



@alisher_sadullaev
1.4K views14:45
Ochish/sharhlash
2022-08-27 12:21:26
"Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq,
Yoshlar (yosh fuqarolar) — ...
Anonymous Quiz
4%
7yoshga to‘lgan va 25yoshdan oshmagan shaxslar;
3%
12yoshga to‘lgan va 21yoshdan oshmagan shaxslar;
80%
14yoshga to‘lgan va 30yoshdan oshmagan shaxslar;
11%
16yoshga to‘lgan va 30yoshdan oshmagan shaxslar;
3%
18yoshga to‘lgan va 27yoshdan oshmagan shaxslar;
1.3K voters5.4K views09:21
Ochish/sharhlash