Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi mahallayetakchilari — . M
Telegram kanalining logotibi mahallayetakchilari — .
Kanal manzili: @mahallayetakchilari
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda Yoshlar ishlari agentligining mahalla yetakchilari faoliyatiga oid yangiliklar va uslubiy qo’llanmalar berib boriladi

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-09-04 20:51:12
Ilk marta o‘zbekistonlik 4 shaxmatchi FIDE reytingida TOP-100talikka kirdi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sentabr oyi uchun jahon shaxmatchilari reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov reytingini 2713 ga yetkazib, jahon reytingida 64-o‘rindan 30-o‘ringa ko‘tarildi.

Bunga Nodirbekning Hindistonda bo‘lib o‘tgan jahon shaxmat olimpiadasi va Turkiya superligasida jami 22 ta o‘yin o‘tkazib, muvaffaqiyatga erishgani sabab bo‘lgan. U yosh shaxmatchilar reytingidagi o‘rnini ikki pog‘onaga yaxshilab, 4-o‘ringa chiqdi.

FIDE’ning TOP-100 reytingida o‘zbekistonliklar soni ilk marta 4 nafarga yetdi. Rustam Qosimjonov (2670) 72-o‘rinda bormoqda. Olimpiada chempionlari — Nodirbek Yoqubboyev (2656) va Javohir Sindorov (2651) kuchli yuztalikka kirib, mos ravishda 89- va 92-o‘rinlarni band etishdi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi FIDE reytingida 18-o‘ringa ko‘tarildi (+1).

@alisher_sadullaev
1.3K views17:51
Ochish/sharhlash
2022-09-04 16:13:49
Talaba yoshlarni birlashtiradigan loyiha!

Talabalarning ta’lim muassasasi hayotiga tezroq moslashishiga ko‘mak berish, yoshlarni tashkil etilgan loyiha va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 5-9-sentabr kunida barcha oliy ta'lim muassasalarida “Orientation week” loyihasi tashkil etiladi.

Loyiha doirasida 10 dan ortiq ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkaziladi.

Aziz 1-bosqich talabalari, siz ham o‘zingiz tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasasiga murojaat qilgan holda “Orientation week” loyihasida faol ishtirok eting!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi • Instagram • Facebook • YouTube
2.2K views13:13
Ochish/sharhlash
2022-09-03 18:32:55
Teknofestda Turkiya Prezidenti, janob Recep Tayyip Erdoğan ham ishtirok etib, festival g’oliblarini taqdirladi. Teknofestda minglab yoshlar o’z ixtirolari bilan ishtirok etdilar, ayniqsa hamyurtlarimiz ishtirokidan juda faxrlandik.

@alisher_sadullaev
1.5K views15:32
Ochish/sharhlash
2022-09-03 14:44:17
O’zbekiston delegatsiyasi ham Turkiyaning Samsun shahrida bo’lib o’tayotgan “TeknoFest”da katta pavilion va o’nlab olimlarning ixtirolari bilan ishtirok etmoqda. Hamkasbim, akam Abdullah Eren bilan birgalikda kechki payt “TeknoFest” pavilionlarini ko’zdan kechirdik.

@alisher_sadullaev
1.4K views11:44
Ochish/sharhlash
2022-09-03 09:40:43 Turkiyaning Samsun shahrida “Teknofest” texnika festivali bo'lib o'tmoqda.

Teknofest yosh muhandislar, innovatorlar, texnologlar, aviatsiya va kosmos sohasidagi yangi iqtidorlarni kashf etish maqsadida yo’lga qo’yilgan loyihadir.

Bir so'z bilan aytganda, Haqiqiy butunjahon ixtirochilari festivali.

Festival bo'yicha o'zingizning fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin.
https://www.facebook.com/100019097340864/posts/pfbid02XhTdnJ58u6ZdGnx9Xg1z81aujHyLw8cELznFmPRDwagNnMyrszd7xNMNKff5deQ4l/?d=n
2.6K viewsedited  06:40
Ochish/sharhlash
2022-09-03 03:57:34
Turkiya, Samsun soat 02:00dan o’tdi. Bugungi muhim kun oldidan yarim tunda ham tayyorgarlik davom etmoqda. Kunimiz xayrli va O’zbekistonimiz yoshlari uchun manfaatli loyihalar va natijalar bo’lsin.

(O’zbekistonda vaqt tonggi 04:00dan oshdi)

@alisher_sadullaev
1.5K views00:57
Ochish/sharhlash
2022-09-02 19:37:00
“Kelajak kasblari” loyihasiga start beramiz! #imkoniyat #repost

“Kelajak kasblari”
loyihasi doirasida yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1,2 mln so‘m) miqdorda subsidiya ajratiladi.

Mazkur imkoniyatdan foydalanishni istagan yoshlar yoki loyihada ishtirok etish istagidagi o‘quv markazlar yoshlardaftari.uz platformasi orqali “Kelajak kasblari” loyihasiga ariza qoldirishlari mumkin. Batafsil ma’lumot.

Prezidentimizning xorijiy tillarni oʻrganishga va IT sohasiga berayotgan e’tiborlari nuqtayi nazaridan biz ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning farzandlarini oʻziga boʻlgan ishonchini orttirish, mablagʻ topishiga koʻmaklashish, IT va ingliz tilini Oʻzbekistondagi eng ommabop yoʻnalishlarga aylantirish maqsadida ushbu loyihani e’lon qilyapmiz. Bu orqali minglab yoshlar daromad topishlari, oilasiga yordam berishi mumkin. Bu yaratib berilgan imkoniyat juda koʻplab yoshlarimizga qanot boʻlishiga ishonamiz!

@alisher_sadullaev
1.4K views16:37
Ochish/sharhlash
2022-09-01 18:41:08
Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasida Prezidentimiz 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan terma jamoamizni, ularning ota-onalari va murabbiylarini yana bir bor qutlab, ularga yangi-yangi zafarlar tiladi.

@alisher_sadullaev
1.1K views15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:25:57 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizga tabrik bilan murojaat qilmoqda. Tadbirdan onlayn translyatsiyani quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:

YouTube

Facebook

@alisher_sadullaev
832 views14:25
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:16:59
#Repost #Uzbekistan #UZB31

31-avgust — Oʻzbekistonda Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni

Istiqlol yoʻlida jon berganlar orasida yurtimiz ziyolilari — jadidlar ham bor. Yoshlar ishlari agentligi jamoasi maʼrifatparvar jadid bobolarimizning ibratli hayotini yoshlar oʻrtasida targʻib qilish uchun yangi loyiha — “Jadidlar” toʻplamini ishlab chiqqandi.

“Jadidlar” to‘plami respublikamizning barcha hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va kutubxonalarga bepul tarqatilmoqda.

@alisher_sadullaev
1.1K views13:16
Ochish/sharhlash