Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi mahallayetakchilari — . M
Telegram kanalining logotibi mahallayetakchilari — .
Kanal manzili: @mahallayetakchilari
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda Yoshlar ishlari agentligining mahalla yetakchilari faoliyatiga oid yangiliklar va uslubiy qo’llanmalar berib boriladi

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-21 16:54:08
Vazirlar Mahkamasini 312-son qarorga ko'ra, Yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda qancha miqdorda subsidiya ajratiladi?
Anonymous Quiz
9%
BHMning 1 baravarigacha
8%
BHMning 2 baravarigacha
65%
BHMning 4 baravarigacha
10%
BHMning 8 baravarigacha
8%
BHMning 10 baravarigacha
1.1K voters5.0K views13:54
Ochish/sharhlash
2022-09-21 10:31:47 Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga 50 million so‘mgacha subsidiya beriladi — Hukumat qarori

Hukumat qarori bilan qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga bir martalik subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, subsidiya nodavlat ta’lim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

bino va o‘quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;
zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to‘lashga.

Mazkur tartib 2022-yil 1-oktabrdan amalga kiritiladi.

P.S. Bu imkoniyat, avvalo, qishloq hududlaridagi yoshlar xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun yaxshi imkoniyat yaratsa, nodavlat ta’lim muassasalari uchun ham davlat tomonidan yaxshi qo‘llab-quvvatlov bo’ladi, degan umiddamiz.

Telegram Instagram Facebook YouTube Twitter
1.4K views07:31
Ochish/sharhlash
2022-09-21 10:31:46
21 yoshli Ra’no Husanova — yosh tadbirkor. Ayol-qizlarga 8 xil hunar o‘rgatadi. Bugunga qadar 30 ga yaqin shogirdlariga hunar o‘rgatgan.

Ra’no singlimizning orzusini amalga oshishida mahalladagi yoshlar yetakchisi, mana shu tizim orqali yordam bera olganimizdan xursandmiz!

Albatta, ishonamizki, u yana ko‘plab shogirdlarga kasb-hunar o‘rgatib, ularning ham hayotda o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘mak beradi.

Videoni ko‘rish uchun:



Telegram Instagram Facebook YouTube Twitter
977 views07:31
Ochish/sharhlash
2022-09-19 21:32:59 Hurmatli hamkasblar ushbu videoni albatta ko’ring, yetakchilarni hurmati shunday bo’lishi kerak!

Albatta, ulashing zora ko’proq odamlarga ibrat bo’lsa

Alisher Sa’dullayev

https://fb.watch/fEqMQiWht8/
10.5K views18:32
Ochish/sharhlash
2022-09-19 19:48:02
Koʻpincha qishloqlarga ham borasizmi, deb soʻrashardi. Har doim hududlarga, ayniqsa, olis qishloqlarga borib, u yerda yoshlar bilan muloqotlar qilish, ularning muammolarini hal etishga harakat qilamiz. Prezidentimiz tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar daftari” tizimining ham maqsadi aynan barcha qatlamga yetib borish edi. Shunday oʻn minglab yoshlar hayotiga ijobiy ta’sir qila olayotganimizdan faxrlanamiz.

Telegram Instagram Facebook YouTube Twitter
2.2K views16:48
Ochish/sharhlash
2022-09-19 18:19:21
Ingliz tilini o‘rganish borasida qiyinchliklarga duch kelyapsizmi? O‘quv kurslari qimmat, buning ustiga ta’lim beruvchi maskan sizga uzoqlik qilmoqdami?

Tez kunda “e-kasb” onlayn platformasi sizga ingliz tilini tez, oson, qulay hamda mutlaqo bepul o‘rganish imkonini taqdim etadi.

Shoshiling! Platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib, maqsadlaringizga oson erishing!

Android uchun yuklash
IOS uchun

Kanalga ulanish @xayrullasattarov
3.6K views15:19
Ochish/sharhlash
2022-09-19 13:29:06 #imkoniyat

Juda koʻpchilik iqtidorli yigit-qizlarimiz xorijda tahsil olishni orzu qilishadi. Ammo oʻqish xarajatlarini qoplash uchun mablagʻ tomondan hammada ham imkoniyat boʻlmasligi mumkin. Ota-onalar ham farzandini nufuzli joylarda oʻqishini orzu qiladi, farzandidan umid qiladi.

Xorijda oʻqishni istaydigan bilimli, salohiyatli yoshlarimiz uchun yaxshi imkoniyat: “El-yurt umidi” jamg‘armasi ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 2022-yildagi 3-stipendiya tanloviga hujjatlarni qabul qilmoqda.

Arizalar qabuli 20-oktabrga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumot.

Telegram Instagram Facebook YouTube Twitter
1.9K views10:29
Ochish/sharhlash
2022-09-17 15:36:43 Talabalarning turar joy bilan bog‘liq muammolarini o‘rganyapti, ijobiy tajribalarni ommalashtirish rejalashtirilmoqda.

Yangi tizim — uybor.uz platformasi orqali ijaraga uy topgan talabalar, ijara beruvchilar va mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan muloqot mexanizmi yo'lga qo'yildi.

https://fb.watch/fBtSH3UNDK/
Yangi tizim bo'yicha taklif-tashabbuslaringizni izoh(komment)larda qoldiring.

@mahallayetakchilari
12.3K viewsedited  12:36
Ochish/sharhlash
2022-09-17 13:05:11
Yunusobod tumanining “Choshtepa” mahallasi yoshlar yetakchisi Dilfuza Mansurova 17 nafar talabani turar joy bilan ta’minlashda ko‘mak berdi. Dilfuza ular bilan doimiy muloqot qilib, muammolarini ham o‘rganmoqda.

Shuningdek, bugunga qadar Toshkent shahri boʻyicha mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan uybor.uz platformasiga kiritilgan xonadonlar soni 1450 taga, loyiha orqali ijaraga joylashgan talabalar soni esa 1427 nafarga yetdi. Hozirda yana bo‘sh xonadonlar bor.

Telegram Instagram Facebook YouTube Twitter
3.0K views10:05
Ochish/sharhlash
2022-09-17 12:32:50
Kecha Mirishkor tumanining “Obod” mahallasida yashovchi Navro‘z aka haqida yozgandim. Bugun u kishiga kerakli bo‘lgan, bandligini ta’minlash va qurilish uchun zarur asbob-uskunalar yetkazib berildi.

Mehnatsevar insonni munosib qoʻllab-quvvatlaganimizdan, uning xursandchiligidan biz ham quvondik.

@alisher_sadullaev
1.3K views09:32
Ochish/sharhlash