Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi mahallayetakchilari — . M
Telegram kanalining logotibi mahallayetakchilari — .
Kanal manzili: @mahallayetakchilari
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda Yoshlar ishlari agentligining mahalla yetakchilari faoliyatiga oid yangiliklar va uslubiy qo’llanmalar berib boriladi

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-09-11 14:01:23 Yoshlar yetakchilaridan mana shunday innovatsion loyihalarni qo’llab-quvvatlashingizni so’ragan bo’lar edik.
2.0K views11:01
Ochish/sharhlash
2022-09-11 14:00:42
Yoshlar daftari”dan yordam olib, eski balonlardan san’at asari yasayotgan yigit haqida…

#yoshlaryetakchisi #yoshlardaftari

@alisher_sadullaev
926 views11:00
Ochish/sharhlash
2022-09-10 19:48:40 O‘zbekistondagi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari qaysilar?

Ota-onalar va abituriyentlar tomonidan nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari haqida, ularning diplomi O‘zbekistonda o‘tishi yoki o‘tmasligi haqida ko‘plab savollar kelib turadi. Asosiy savol: qaysi oliy ta’lim muassasalarining diplomi O‘zbekistonda o‘tadi?

Ushbu havolada Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan litsenziya berilgan xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati bor. Hozirda mazkur ro‘yxatdagi oliy ta‘lim muassasalarining diplomi O‘zbekistonda o‘tadi.

Ota-onalar va abituriyent-yoshlar xususiy yoki nodavlat oliy ta’lim muassasasini tanlamoqchi bo‘lsa yoki biror yangi oliy ta’lim muassasasining e’loniga duch kelsa, avvalo, mana shu sahifaga kirib, ro‘yxatdan tekshirib ko‘rishlarini tavsiya qilamiz.

@alisher_sadullaev
931 views16:48
Ochish/sharhlash
2022-09-10 19:20:12
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarori 8-bandiga muvofiq, yoshlarga beriladigan yordam turlari bo'yicha tavsiyalarning asosliligi, haqqoniyligi va adolatliligi uchun kim mas’ul hisoblanadi?!
Anonymous Quiz
11%
Sektor rahbari
3%
Mahalla raisi
4%
Hokim yordamchisi
1%
Profilaktika inspektori
81%
Mahalladagi yoshlar yetakchisi
1.0K voters3.6K views16:20
Ochish/sharhlash
2022-09-10 10:34:43 Mahallalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi talabalarning turar joy bilan bog‘liq muammolarini o‘rganyapti.

Yangi tizim — uybor.uz platformasi orqali ijaraga uy topgan talabalar, ijara beruvchilar va mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan muloqot mexanizmi yo'lga qo'yilmoqda.

https://fb.watch/frXsYc62ka/
Yangi tizim bo'yicha taklif-tashabbuslaringizni izoh(komment)larda qoldirishingiz mumkin.

@mahallayetakchilari
17.9K viewsedited  07:34
Ochish/sharhlash
2022-09-10 10:31:48
Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida sportning Stol tennisi turi bo'yicha musobaqasining
10-sentabr kuni boʻlib oʻtadigan mahalla bosqichi manzillari e'lon qilinadi.

Quyidagi havolalar orqali manzillar bilan tanishishingiz mumkin:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Buxoro viloyati;
4. Farg’ona viloyati;
5. Jizzax viloyati;
6. Namangan viloyati;
7. Navoiy viloyati;
8. Qashqadaryo viloyati;
9. Samarqand viloyati;
10. Sirdaryo viloyati;
11. Surxondaryo viloyati;
12. Toshkent viloyati;
13. Toshkent shahri;
14. Xorazm viloyati;

Eslatma: Musobaqada ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning. Yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarini @Smartmahallabot telegram boti orqali bog'lanishingiz mumkin.

@beshtashabbus_uz
1.2K views07:31
Ochish/sharhlash
2022-09-09 10:40:35
Mahallalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi talabalarning turar joy bilan bog‘liq muammolarini o‘rganyapti.

8-sentabr kuni Olmazor tumanining “Ziyo” va “Universitet” mahallalarida boʻlib, yangi tizim — uybor.uz platformasi orqali ijaraga uy topgan talabalar, ijara beruvchilar va mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan muloqot qildik.

Ma’lumot uchun, aynan ushbu tizim orqali 8-sentabr holatiga Toshkent shahri bo‘yicha jami 720 nafar talabaga yordam berildi.

@alisher_sadullaev
1.4K views07:40
Ochish/sharhlash
2022-09-09 07:15:18
Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarorga muvofiq, Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, besh muhim tashabbus doirasida Mahalla darajasida bir kalendar oy uchun tadbirlarni moliyalashtirishga qancha miqdorda mablag' ajratilishi belgilangan.
Anonymous Quiz
7%
BHMning 1 baravarigacha
16%
BHMning 3 baravarigacha
21%
BHMning 5 baravarigacha
46%
BHMning 10 baravarigacha
10%
BHMning 15 baravarigacha
932 voters4.8K views04:15
Ochish/sharhlash
2022-09-09 07:14:15
312-sonli qarorga muvofiq, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslar uchun har oyda qancha miqdorda subsidiya ajratilishi belgilangan?
Anonymous Quiz
7%
BHMning 1 baravarigacha
7%
BHMning 2 baravarigacha
72%
BHMning 4 baravarigacha
8%
BHMning 6 baravarigacha
6%
BHMning 8 baravarigacha
854 voters4.6K views04:14
Ochish/sharhlash
2022-09-08 19:30:50
Biroz avval yozganimdek, mahallalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi talabalarning turar joy bilan bog‘liq muammolarini o‘rganyapti. Aslida, bu postni oldinroq e’lon qilmoqchi edim, ammo jarayonni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rmasdan, ijara beruvchilar bilan muloqot qilmasdan, elektron tizimni sinovdan o‘tkazmasdan to‘liq ishonch bilan yoza olmas edim.

Hozirgina Olmazor tumani, “Ziyo” va “Universitet” mahallalariga borib, yangi tizim — uybor.uz platformasi orqali ijaraga uy topgan talabalar, ijara beruvchilar va mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan muloqot qildik.

Biz bu masalada xususiy sektor bilan hamkorlik qilish ko‘proq samara berishiga ishonch hosil qildik. Misol uchun, “Ziyo” mahallasi yoshlar yetakchisi Muslima Halimova bir necha kun ichida aynan ushbu platforma orqali 23 nafar talabaga ijaraga uy topishda ko‘maklashdi.

Hozirgacha Toshkent shahri bo‘yicha jami 720 nafar talabaga yordam berildi. Endilikda shu kabi platformalarga talabalarga ijaraga beriladigan xonadon ma’lumotlarini kiritishda yoshlar yetakchilari bosh-qosh bo‘lishadi.

Do‘stlar ushbu elektron tizim orqali siz ham talabalarga yordam berishingiz mumkin. Buning uchun telegramdagi @Smartmahallabot orqali mahalla yetakchisiga aynan talabalarga ijaraga beriladigan uy to‘g‘risida ma’lumot berishingiz mumkin. Shundan so‘ng, yoshlar yetakchilari ijaraga beriladigan xonadonning sharoitlarini o‘rganib chiqib, ma’lumotlarni platformaga yuklaydi. Talabalar esa o‘zlariga qulay xonadonni tanlab, ijaraga joylashishadi.

@alisher_sadullaev
1.2K views16:30
Ochish/sharhlash