2022-01-26 11:31:55
Loyiha menejerining vazifasi nima?— Uning vazifasi oddiy, hammaga buyruq berib, o'zi hech narsa qilmaydi, — deb o'ylasangiz, adashasiz!
Loyihaning qulashi yoki muvaffaqiyati aynan Loyiha menejeriga bog'liq!
Loyiha menejerining asosiy vazifalari 5 tani tashkil etadi:
1. Loyihani boshlash:
— Maqsadni aniq belgilab olish;
— Kerakli ma'lumotlarni to'plash.
2. Reja tuzish:
— Loyiha topshiriqlarini tuzish;
— Vazifalarning tugatilish vaqtini belgilash;
— Loyiha rejasini rivojlantirish;
— Jamoa a'zolarini tanlash.
3. Amaliy harakatni nazorat qilish:
— Rejaning realizatsiya jarayonini ta'minlash;
— Jamoani kerakli ma'lumotlarni yetkazib berish.
4. Nazorat:
— Jarayon, muhit va mablag'ni nazorat qilish;
— Sifat kuzatuvi.
5. Yakunlash:
— Loyihani mijozga taqdim etish;
— Natijalarni tahlil qilish va yakunlash.
Olovli atmosferada kelajak kasblarini birga egallaymiz!
Farg‘ona viloyati "Kelajak liderlari" klubi
@liderlar1
6.2K viewsedited 08:31