2023-05-20 19:56:00
Chexov 44 yil umr koʻrgan. Achinarlisi shu 44 yilining yarmini tuberkulyozdan aziyat chekib oʻtkazgan. Alal-oqibat kasallik uni yeb bitirgani rost, biroq bitta odamga oʻn marta yashash imkoni berilgan-da ham bajara olmaydigan ishlarni qilib ketgan, jumladan:
- butun dunyo haligacha alqaydigan 20 tomli prozalar muallifi;
- oʻzi yashagan Taganrogda kutubxona tashkil ettirib, unga oʻz bisotidagi 2 mingta kitobni tortiq qilgan;
- Melikov degan shaharda yashagan vaqti, tekinga minglab kasalmand dehqonlarni davolagan, barchasini dori-darmon bilan taʼminlagan;
- vabo tarqaganda, 25 ta qishloq punktlari uchun hech qanday yordamchilarsiz, dam olish kunlarisiz yolgʻiz oʻzi shifokorlik qilgan;
- qishloq ahli uchun 4 ta maktab, qoʻngʻiroqli minora, yoʻllar qurdirgan.
"Hayotimiz behuda oʻtmasligi va izsiz tubsizlikka qarab ketmasligi uchun ortimizdan maktab yoki shunga oʻxshash boshqalarga manfaati tegadigan nimadir qoldirganimizda, juda soz boʻlardi..!"
Anton Pavlovich Chexov
7.2K views16:56