Get Mystery Box with random crypto!

Topikdan 3oyda 3daraja olish mumkinmi? Anchadan beri shu mav | Kosimjonov Ibrokhim — Blog

Topikdan 3oyda 3daraja olish mumkinmi?

Anchadan beri shu mavzu bo'yicha yozishga harakat qilaman. Lekin, har doim yozmoqchi bo'lgan vaqtimda negadir yozishdan qaytaman. Lekin, oxirgi vaqtlarda "Bizda o'qib Topikdan 3darajani 3oyda 0dan o'rganib olasiz" degan mazmundagi reklamalarni ko'rib, bu postni yozishga qaror qildim.

Savolga javob berishdan oldin, tilni tez o'rganish sabablari va nimalarga bog'liq ekanini birinchi navbatda ko'rib chiqamiz.

– Qobiliyat
Til o'rganish uchun deyarli barchamizga qobiliyat bor, lekin hammada buni miqdori turlichadir. Kimgadir ko'proq va kimgadir kamroq bo'ladi. Til o'rganishga qobiliyati ko'proq insonni mashina bilan yo'lga chiqqan insonga, qobiliyati kamroq insonni esa velosiped bilan yo'lga chiqqan insonga o'xshatish mumkindir.

– Mehnat va Intizom
Sizda qobiliyat ko'p bo'lishiga qaramasdan harakat qilmas ekansiz, hech qanday natijaga erishib bo'lmaydi. Bu holat ham mashinasi bo'la turib boshqarishni bilmaydigan insonga o'xshatsa bo'ladi. Shuningdek intizom hamma narsaga muhim bo'lgani kabi til o'rganishga ham juda muhim omillardan biridir.

– Qiziqish
Til o'rganishdagi eng kerakli omillardan biri deb ikkilanmasdan qiziqish deb ayta olaman. O'rganayotgan tilingizga qiziqsangiz, o'rganish davomida vaqt o'tganini sezmasdan zavq bilan o'rganasiz. Bu esa tilni juda qisqa fursatda o'rganishga kerak.

– Yaxshi o'qituvchi
Tilni o'rganishingizga o'qituvchining hissasi juda katta hisoblanadi. Qanaqa o'qituvchini qo'liga o'qishingizga qarab tilni sifatli yoki sifatsiz o'rganasiz.

– Oiladagi holat
G'alati eshitilmasin, sizning oiladagi holatlar ham sizni til o'rganishingizga ta'sir ko'rsatadi. Misol tariqasi oilangiz a'zolaridan biri kasal bo'lsa, siz til o'rganishga e'tibor qaratishingizni iloji yo'q va bu tabiiy holat.

– Vaqt
Eshitgandirsiz, biron narsani mukammal o'rganish uchun 10ming soat qoidasi borligini. Til o'rganish uchun ham ma'lum vaqtingizni o'rganayotgan tilingiz uchun ajratishingiz kerak. Lekin hammadan ham bunday imkoniyat yo'q.

Yuqoridagi barchasi ijobiy bo'lgan inson 3oyda 3daraja olishi mumkin. Lekin, har doim bizga qaysidir biri yoki bir nechtasi yetishmasligi mumkin. Kimgadir vaqt, kimgadir esa qiziqish, boshqa insonga oiladagi vaziyati yaxshi bo'lmasligi mumkin. Shu sababli ham 3oyda 3daraja olish imkonsiz.

Nega unda "Koreys tili 0dan Topikdan 3oyda 3daraja oling" yoki "Ingliz tilini bilmasdan turib 3oyda IELTS 7 oling" mazmunidagi reklamalar ko'payib bormoqda. Chunki ko'plab til o'rganishga xohishi borlar qisqa vaqt hamda oson usullar bilan til o'rganib biron bir natijaga erishishni xohlashadi. Buni bilgan "insofli" va "rostgo'y" insonlar reklama berishmoqda.

Eng ayanchlisi esa reklamaga ishonuvchi qatlam hali ham ko'pligidadir. Qachon rivojlansagina odam, hech narsani osonlikcha yoki juda qisqa vaqtda erishib bo'lmasligiga amin bo'ladi.

P.s:. Bu faqat mening shaxsiy fikrimdir.

@Kosimjonov_Ibrokhim