Get Mystery Box with random crypto!

' Topganingiz to'ylarga buyursin' Subyektiv ko'rsatuvini yan | Kosimjonov Ibrokhim — Blog

" Topganingiz to'ylarga buyursin"

Subyektiv ko'rsatuvini yangi sonini ko'ra turib, ko'p eshitgan va aytilinadigan duo "topganingiz to'ylarga buyursin" hayolimga keldi. Duo amalga oshayotganidek, bizning jamiyatdagi aksariyat insonlar topayotgan pullar to'ylargagina buyurmoqda.

Achinarlisi to'y uchun 60, 70million sarflagan insonlar, ta'limga kelganida 3, 4million ham sarflagisi kelmaydi. Lekin kelajagimiz hashamatli to'ylarga ketgan sarf-xarajatga emas, ta'limga qilingan invistitsiyaga bog'liqligini unutib qo'yatgandekmiz.

Yaqin yillarda jamiyatimizdagi insonlar ta'limga boshqa narsalardan ko'ra ko'proq invistitsiya qiladi degan umiddaman.

P.s:. Ba'zi duolar ijobad bo'lishini ham xohlamisan.

@Kosimjonov_Ibrokhim