Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Nima deysiz hamma narsani boshi qiyin-a? Ka | Kosimjonov Ibrokhim — Blog

Assalomu alaykum!

Nima deysiz hamma narsani boshi qiyin-a? Kanalni ochishga qaror qilganimga bir necha yil bo'ldi. Ochganimdan so'ng birinchi postni ham, 2oy o'tibgina qo'yishga to'g'ri keldi. Lekin, kanal uchun hali ham yaxshiroq rasm topa olmadim. Rasm ham qachondir topilib qolar, muhimi boshlab oldim-ku!!!

Kanalni o'zim uchun ochdim desam adashmagan bo'laman. Har doim shaxsiy fikrlarimni boshqalar bilan bo'lishgim kelgan, lekin har doim ham bunga imkon bo'lmagan. Ba'zan yaxshi suhbatdosh topilmasa, ba'zida esa vaqt topilmasdi. Shu sababli kanal orqali o'z shaxsiy fikrlarimni bemalol ifodalay olaman deb o'ylayman.

Lekin, faqatgina shu bilan kifoyalanish niyatidan yiroqman. Ushbu kanalni kuzatib boruvchi insonlarga o'zim bilgan foydali ma'lumotlar bilan bo'lishish niyatim ham yo'q emas. Ayniqsa koreys tili va Koreyaga oid ma'lumotlar kanalga ko'p bo'lish ehtimoli juda yuqori.

@Kosimjonov_Ibrokhim