Get Mystery Box with random crypto!

O'zimizdan boshlash kerak! Biz siyosatchi yoki mashhur shaxs | Kosimjonov Ibrokhim — Blog

O'zimizdan boshlash kerak!

Biz siyosatchi yoki mashhur shaxs bo'lmasligimiz mumkin. Lekin har birimiz qilayotgan ishlar jamiyatimiz o'zgarishiga ma'lum miqdorda hissa qo'shadi.

- Biz jamiyatimizdagi poraxo'rlikdan nolimiz. Lekin, tibbiy ko'rikdan o'tmasdan pora evaziga ma'lumotnoma olishdan ta'b tortmimiz.

- Biz tabiat ifloslanishidan nolimiz. Lekin, biz uchun to'g'ri kelgan joyga axlat tashlash odatiy hol.

- Biz avariyalar soni ko'pligidan nolimiz. Lekin, kamar taqib mashina haydashni uyat deb hisoblaymiz.

- Biz yurtimizda ta'lim rivojlanmaganidan nolimiz. Lekin, yiliga 1marta kitob o'qishga erinamiz.

Jamiyatimiz yaxshi tomonga o'zgarishi uchun harakatni o'zimizdan boshlashimiz kerak. Shundagina o'zgarishlarni boshqalardan ham kutishimiz mumkin bo'ladi.

@Kosimjonov_Ibrokhim