Get Mystery Box with random crypto!

Aldashini xohlaymizmi yoki aldanishni? Ishim sababli kuniga 1 | Kosimjonov Ibrokhim — Blog

Aldashini xohlaymizmi yoki aldanishni?

Ishim sababli kuniga 10lab mijozlar bilan suhbatlashishimga to‘g‘ri keladi. Baʼzi mijozlar tomonidan beriladigan savollarni eshitib hayron qolaman. Ilojsiz narsalarni so‘rashadi. Qadriyatimga to‘g‘ri kelmagani uchun har safar ochiqcha gapiraman. Lekin, ularga mening gaplarim ko‘p holatlarda yoqmaydi. Shunday hollarda insonlarning aksariyat qismi aldanishni xohlaydi degan fikrga kelaman. Nega bu fikrga kelishimni quyida bir necha misollar bilan ko‘rsataman.

- Viza 100% olamanmi? Kafolat berasizmi?

Shunaqa savollar ham beradigan insonlar ko‘p. Ertaga nima bo‘lishini bilmaydigan inson zotiga qanaqa qilib bunaqa savollar berish mumkin bilmiman.

- 2oy koreys tilini o‘rganib Topikdan 4yoki 5daraja ola olamanmi? Kafolat bormi?

2oyda yuqori daraja olishni o‘zi fantastika. Bunaqa savollar beradigan inson olishi 2marta fantastika.

Agar bu kabi misollar keltirishni davom etsam post ancha cho‘zilib ketadi. Aldanishni xohlovchi insonlar uchun ularga mos reklamalar ham kundan kunga oshib bormoqda. "100% kafolat", "3oyda koreysdek gaplashasiz", "Kafolatli viza" aldanishni xohlaydiganlar, aldashdan taʼb tortmaydiganlarning o‘ljasi bo‘lib qoladi. Odamlar xohish, istaklaridan kelib chiqib foydalanib qoladiganlar ham kam emas.

P.s:. Haqiqatni aytsang ham yomon ko‘rinasan

@Kosimjonov_Ibrokhim