Get Mystery Box with random crypto!

Foydasi tegar. Oxirgi yillarda imlo xatolarsiz yozishga harak | Kosimjonov Ibrokhim — Blog

Foydasi tegar.

Oxirgi yillarda imlo xatolarsiz yozishga harakat qilganim uchun, juda ham ko'p foydali manbalar topgan bo'lsam kerak. Quyida ularni sizlar bilan bo'lishaman. Sizlarga ham foydasi tegar.

- matn.uz
Yozgan matnlaringizni tekshirib olish uchun foydali sayt. Shuningdek, matnlarni lotindan kirillga o'tkazish funksiyasi ham bor.

- savodxon.uz
Matn.uz bilan deyarli farq qilmaydi. Ustunlik tomoni word, excel dasturlariga ham ishlatish mumkin. Lekin, xizmatlari to'lov evaziga.

- @xatoliklar
Ko'p uchraydigan imlo xatolar va ularni yechimini ulashib boradigan ajoyib kanal.

- tahrirchi
Tahrirchi klaviaturasi imlo xatolarsiz yozishingizga ajoyib ko'makdosh bo'lishi mumkin. Ushbu ilova yaratilganiga ko'p bo'lmagani sababli kamchiliklari bo'lishi ham ehtimoldan yiroq emas.

Eng asosiyi yozish vaqtida shubhalangan har qanday so‘zingizni tekshirib oling. Shunda xatolar asta-sekin kamayib boradi.

@Kosimjonov_Ibrokhim