Get Mystery Box with random crypto!

Koreya suhbatlari

Telegram kanalining logotibi koreyasuhbatlari — Koreya suhbatlari K
Telegram kanalining logotibi koreyasuhbatlari — Koreya suhbatlari
Kanal manzili: @koreyasuhbatlari
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.38K
Kanalning ta’rifi

Janubiy Koreyaga oid ovozli suhbatlar.
#KoreyaSuhbatlari #КореяСуҳбатлари
👉 facebook.com/koreyasuhbatlari/
👉 instagram.com/koreyasuhbatlari/
👉 ok.ru/group/62040556830771/
👉 twitter.com/koreasuhbatlari/
👉 youtube.com/koreyasuhbatlari/

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2020-08-24 16:44:31 Koreya suhbatlari - 7-son. D-2 va D-4 o'qish vizalari bo'yicha yangi tartib, muammo va xatolar haqida

Youtube orqali tinglash uchun:



Bu sonda qamrab olingan mavzular mundarijasi:
*Suhbatni o'zingiz istagan joyidan tinglash uchun ko'k rangdagi vaqt belgisi ustiga bosing

00:38 - Koreyada nima gaplar?
03:42 - Koreyaga o'qish vizasi olish bo'yicha muhim o'zgarish, yangi tartib-qoidalar va tarjimadagi xatolar. Kirish.
05:39 - Yangi talablar nima uchun kuchaytirildi?
10:51 - Bank ma'lumotnomasi (bankshyot) bo'yicha yangi talablar.
12:37 - KDB bankka pul qo'yish kimlar uchun majburiy? Boshqa iloji bormi?
19:52 - Talabaning moliyaviy tomondan homiysi uchun qo'yiladigan talablar. "Yaqin qarindoshlar"ga kimlar kiradi?
30:58 - Moliyaviy homiydan talab qilinadigan hujjatlar.
34:22 - Elchixonaga topshirilgan hujjatlarni baholashning osonlashtirilgan mezoni kimlar uchun?
38:36 - Suhbat talabi kimlar uchun kuchaytirildi, nimalarni inobatga olish kerak?
43:29 - Til bilish talablari haqida. Kimga majburiy emas?
52:09 - Rad javobini olganlar vizaga endi qachon qayta hujjat topshira oladi?
52:38 - Elchixona orqali D-2 yoki D-4 vizasini olish uchun kerak bo'ladigan umumiy hujjatlar.
1:01:59 - Yangi tartib qachondan kuchga kirdi? Qaysi vizaning natijasi qancha muddatda chiqadi?
1:02:53 - Viza berish tartibi haqidagi jadvalga izoh.
1:05:15 - Qaysi universitetlarga harakat qilmagan ma'qul?
1:05:55 - D-2 vizaning turlari va nomlari.
1:06:16 - Koreya vizasining stikeri endi berilmaydi.
1:06:51 - Viza natijasini tekshirish tartibi va qalbaki vizani aniqlash haqida.
1:10:32 - Vizasi bo'laturib, Koreyaga kela olmayotgan va endi viza olmoqchi bo'lganlar uchun tavsiyalar.


7-son uchun havolalar:

Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi elchixonasi veb-sahifasi:
- koreys tilida - http://overseas.mofa.go.kr/uz-ko/index.do
- o'zbek tilida - http://overseas.mofa.go.kr/uz-uz/index.do
- rus tilida - http://overseas.mofa.go.kr/uz-ru/index.do

O'zbekistondagi KDB bank filiallari
- https://kdb.uz/uz/about-us/branches

Koreya elchixonasi qoshidagi koreys tili va madaniyati markazi:
- https://tashkec.uz/uz/
- https://t.me/tashkec_uz
- https://www.facebook.com/tashkec.uz/
- https://www.instagram.com/tashkec/

Universitetlar reytingi (viza olish buyicha)
- https://t.me/koreyasuhbatlari/49

Viza natijasini tekshirish portali (Koreyaga endi kelmoqchi bulayotganlar uchun):
- https://www.visa.go.kr/openPage.do?MENU_ID=10301

Koreyaga kelganlar uchun viza muddatini tekshirish tartibi:
- https://www.hikorea.go.kr/info/CheckExprYmdByPassNoR.pt

Koreyada o'qish va universitetlar haqida rasmiy portal:
- https://studyinkorea.go.kr/
- http://study.korean.net/

Shu va boshqa suhbatlarni audio formatda tinglash uchun kanalga ulanish:
@KoreyaSuhbatlari

#KoreyaSuhbatlari #КореяСуҳбатлари #koronavirus #коронавирус
6.4K viewsedited  13:44
Ochish/sharhlash
2020-08-24 16:42:22 Koreya suhbatlari - 7-son. D-2 va D-4 o'qish vizalari bo'yicha yangi tartib, muammo va xatolar haqida
*42Mb

Suhbat davomida qamrab olingan mavzular mundarijasi, eslab o'tilgan foydali havola va manbalar uchun kanalga ulanish:
@KoreyaSuhbatlari

#KoreyaSuhbatlari #КореяСуҳбатлари #koronavirus #коронавирус
4.1K viewsedited  13:42
Ochish/sharhlash
2020-08-21 16:00:17
Koreyalik diplomatlar 2020-yil sentabr oyining 4-haftasida elchixonaning Youtube kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri muloqotda bo'ladi

Koreyaga tegishli sizni qiziqtirgan savollaringizni elchixonaning Facebook sahifasidagi quyidagi link orqali qoldirishingiz mumkin.

Link

Eslatma!
Yaqin kunlarda @KoreyaSuhbatlari podcastimizning "D-2 va D-4 vizalarini elchixonadan olish bo'yicha o'rnatilgan yangi tartiblar" haqidagi navbatdagi sonini e'lon qilamiz. Kuzatib boring.
5.4K viewsedited  13:00
Ochish/sharhlash
2020-06-15 14:25:50 Janubiy Koreya endi stikersiz viza beradi

2020-yil 1-iyuldan boshlab Janubiy Koreyaning dunyodagi barcha elchixonalari viza stikerlarini berishdan voz kechadi.

Viza arizasi ma'qullanganida, Koreya elchixonasi arizachini viza tafsilotlari to'g'risidagi "사증발급확인서 / Visa Grant Notice"* viza berilgani haqida bildirishnoma orqali xabardor qiladi.
(*사증발급인정서 - "teleks" bilan adashtirilmasin, u alohida hujjat)

Viza egasining pasportiga stiker yopishtirilmaydi, uning o'rniga joriy etilgan hujjatni www.visa.go.kr rasmiy veb-sayti orqali, pasport raqami va tug'ilgan sanasi kabi shaxsiy ma'lumotlarni kiritib, onlayn chiqarib olishi mumkin bo'ladi. Hujjat printerdan rangli yoki oq-qora rangda chop etilishi mumkin va chegarada immigratsiya nazoratidan o'tish paytida pasport bilan birga taqdim etilishi shart bo'ladi. Batafsil ma'lumot hujjatning izoh qismida ham keltiriladi.

Aldanib qolmaslik uchun vizani shaxsan tekshirib ko'ring! Ushbu postga ilova qilingan PDF faylda rasmli qo'llanma bor.

@KoreyaSuhbatlari
10.0K viewsedited  11:25
Ochish/sharhlash
2020-05-16 05:08:59 Janubiy Koreyaga D-2 (universitet) va D-4-1 (til kursi) vizalarini olish uchun o'rnatilgan yangi tartib

Ushbu tartib 2020-yil 1-maydan boshlab kuchga kirgan va yangi hujjat qilayotganlar uchun taalluqli.

Faylda 3 tilda ma'lumot bor: o'zbek, rus va koreys tilida. Tarjimada xato yoki nomuvofiqlik bo'lsa, koreys tilidagi matndan foydalaning.

DIQQAT
Faylda 비자제한대학 (viza berish cheklangan universitetlar) nomli alohida jadval bor. Shu jadvaldagi universitetlarga harakat qilmaslikni tavsiya qilamiz.

@KoreyaSuhbatlari kanalida navbatdagi suhbat shu haqda bo'ladi, o'tkazib yubormang.

#KoreyaSuhbatlari #КореяСуҳбатлари
13.2K viewsedited  02:08
Ochish/sharhlash
2020-04-25 10:55:54 Koreya suhbatlari - 6-son. Koronavirus va Koreya: siz kutgan ma'lumotlar

Youtube orqali tinglash uchun:



Bu sonda qamrab olingan mavzular mundarijasi:
*Suhbatni o'zingiz istagan joyidan tinglash uchun ko'k rangdagi vaqt belgisi ustiga bosing

01:35 - Hozir Koreyada koronavirus bo'yicha holat qanday?
07:50 - Koreya qaysi davlatlarga chegarani yopdi?
08:45 - Ayni damda Koreyaga kirib kelishdagi ma'lum qoidalar
11:15 - O'zbekistonga borib, Koreyaga qaytib kela olmagan talaba o'z viza muddatini qanday tekshiradi?
12:16 - Koreya tomonidan avtomat ravishda cho'zib berilgan viza muddatlari kimlarga taalluqli emas?
13:38 - O'zbekistonda turib viza muddatini onlayn cho'zish haqida
14:51 - Koreyaga qisqa muddatli viza bilan kelgan yurtdoshlarimizning vizasi qanday cho'ziladi?
18:34 - O'zbekistonda til kursi vizasini olib, Koreyaga kela olmay qolgan talaba qanday yo'l tutadi?
21:37 - Koronavirusga aloqador holat bo'yicha O'zbekistondagi Koreya elchixonasining muhim bayonoti
25:36 - Koreyada koronavirusga test topshirish necha pul turadi?
29:05 - Nelegal odam koronavirusni yuqtirib olsa, u deport qilinadimi?
30:06 - O'qishga kirib, lekin elchixonadan hali viza ololmagan talaba qanday yo'l tutadi?
32:41 - Koronavirus sababli O'zbekistondagi Koreya elchixonasi suhbat o'tkazmasdan viza beryaptimi?
36:18 - Karantin paytida O'zbekistondagi Koreya elchixonasining ishlash tartibi
37:30 - Ta'lim vizasini olib, Koreyaga kela olmaganlar keyingi semestrga harakat qilsa, muammoga duch kelmaydimi?
39:23 - Viza olgan, lekin Koreyaga kela olmay qolgan talabalarga maslahat
42:03 - "Akadem ta'til olishga ulgurmagan talabalar ayrim hollarda qo'shimcha to'lov qilishi mumkin"
44:33 - Universitet yangi talabadan Koreyaga kelishni talab qilsa, talabalar uchun O'zbekistondan charter reys qilib berishadimi?
48:18 - Koreys tilini o'rtacha biladigan o'quvchi til kursiga kelgani yaxshimi yoki bakalavrga?
53:27 - Koronavirus sabab Koreyaga kela olmaganlar qayta vizaga topshirayotganda talab qilinadigan majburiy qo'shimcha hujjatlar
59:25 - Koreyaga kela olmagan E-9 (ishchi viza) yoki boshqa qisqa muddatli, ko'p martali viza egalari uchun ma'lumot
1:01:44 - Koreyada turib bakalavr darajasiga topshirmoqchi bo'lgan talaba diplom-apostilsiz o'qishga topshira oladimi? Koronavirus sabab O'zbekistondan hujjat olib kelishning iloji bo'lmayapti.
1:10:40 - Boshida sport yoki shunga o'xshash sohada o'qigani borib, keyinchalik Koreyada boshqa sohaga o'tib olishni reja qilgan talabalar uchun maslahatlar
1:18:13 - Koronavirus sabab Koreyaga ketolmay qolgan talabaning vizasi nima bo'ladi?
1:19:20 - Viza muddati tugashiga ancha qolgan odam nelegalga chiqsa, ID kartada yozilgan viza muddati tugaguncha qonun doirasida yurgan hisoblanadimi?
1:22:20 - Koreyadagilar uchun viza muddati bilan bog'liq imtiyozlar haqida
1:24:46 - Chet elliklar uchun dorixonalarda niqob sotish bo'yicha yangilik
1:26:25 - Koreyada Ramazon oyida masjidlardan foydalanish bo'yicha yangilik
1:30:23 - Ba'zi mulohazalar...

Shu va boshqa suhbatlarni audio formatda tinglash uchun kanalga ulanish:
@KoreyaSuhbatlari

#KoreyaSuhbatlari #КореяСуҳбатлари #koronavirus #коронавирус
8.8K viewsedited  07:55
Ochish/sharhlash