Get Mystery Box with random crypto!

Koreya suhbatlari - 6-son. Koronavirus va Koreya: siz kutgan m | Koreya suhbatlari

Koreya suhbatlari - 6-son. Koronavirus va Koreya: siz kutgan ma'lumotlar

Youtube orqali tinglash uchun:



Bu sonda qamrab olingan mavzular mundarijasi:
*Suhbatni o'zingiz istagan joyidan tinglash uchun ko'k rangdagi vaqt belgisi ustiga bosing

01:35 - Hozir Koreyada koronavirus bo'yicha holat qanday?
07:50 - Koreya qaysi davlatlarga chegarani yopdi?
08:45 - Ayni damda Koreyaga kirib kelishdagi ma'lum qoidalar
11:15 - O'zbekistonga borib, Koreyaga qaytib kela olmagan talaba o'z viza muddatini qanday tekshiradi?
12:16 - Koreya tomonidan avtomat ravishda cho'zib berilgan viza muddatlari kimlarga taalluqli emas?
13:38 - O'zbekistonda turib viza muddatini onlayn cho'zish haqida
14:51 - Koreyaga qisqa muddatli viza bilan kelgan yurtdoshlarimizning vizasi qanday cho'ziladi?
18:34 - O'zbekistonda til kursi vizasini olib, Koreyaga kela olmay qolgan talaba qanday yo'l tutadi?
21:37 - Koronavirusga aloqador holat bo'yicha O'zbekistondagi Koreya elchixonasining muhim bayonoti
25:36 - Koreyada koronavirusga test topshirish necha pul turadi?
29:05 - Nelegal odam koronavirusni yuqtirib olsa, u deport qilinadimi?
30:06 - O'qishga kirib, lekin elchixonadan hali viza ololmagan talaba qanday yo'l tutadi?
32:41 - Koronavirus sababli O'zbekistondagi Koreya elchixonasi suhbat o'tkazmasdan viza beryaptimi?
36:18 - Karantin paytida O'zbekistondagi Koreya elchixonasining ishlash tartibi
37:30 - Ta'lim vizasini olib, Koreyaga kela olmaganlar keyingi semestrga harakat qilsa, muammoga duch kelmaydimi?
39:23 - Viza olgan, lekin Koreyaga kela olmay qolgan talabalarga maslahat
42:03 - "Akadem ta'til olishga ulgurmagan talabalar ayrim hollarda qo'shimcha to'lov qilishi mumkin"
44:33 - Universitet yangi talabadan Koreyaga kelishni talab qilsa, talabalar uchun O'zbekistondan charter reys qilib berishadimi?
48:18 - Koreys tilini o'rtacha biladigan o'quvchi til kursiga kelgani yaxshimi yoki bakalavrga?
53:27 - Koronavirus sabab Koreyaga kela olmaganlar qayta vizaga topshirayotganda talab qilinadigan majburiy qo'shimcha hujjatlar
59:25 - Koreyaga kela olmagan E-9 (ishchi viza) yoki boshqa qisqa muddatli, ko'p martali viza egalari uchun ma'lumot
1:01:44 - Koreyada turib bakalavr darajasiga topshirmoqchi bo'lgan talaba diplom-apostilsiz o'qishga topshira oladimi? Koronavirus sabab O'zbekistondan hujjat olib kelishning iloji bo'lmayapti.
1:10:40 - Boshida sport yoki shunga o'xshash sohada o'qigani borib, keyinchalik Koreyada boshqa sohaga o'tib olishni reja qilgan talabalar uchun maslahatlar
1:18:13 - Koronavirus sabab Koreyaga ketolmay qolgan talabaning vizasi nima bo'ladi?
1:19:20 - Viza muddati tugashiga ancha qolgan odam nelegalga chiqsa, ID kartada yozilgan viza muddati tugaguncha qonun doirasida yurgan hisoblanadimi?
1:22:20 - Koreyadagilar uchun viza muddati bilan bog'liq imtiyozlar haqida
1:24:46 - Chet elliklar uchun dorixonalarda niqob sotish bo'yicha yangilik
1:26:25 - Koreyada Ramazon oyida masjidlardan foydalanish bo'yicha yangilik
1:30:23 - Ba'zi mulohazalar...

Shu va boshqa suhbatlarni audio formatda tinglash uchun kanalga ulanish:
@KoreyaSuhbatlari

#KoreyaSuhbatlari #КореяСуҳбатлари #koronavirus #коронавирус