Get Mystery Box with random crypto!

Janubiy Koreya endi stikersiz viza beradi 2020-yil 1-iyuldan | Koreya suhbatlari

Janubiy Koreya endi stikersiz viza beradi

2020-yil 1-iyuldan boshlab Janubiy Koreyaning dunyodagi barcha elchixonalari viza stikerlarini berishdan voz kechadi.

Viza arizasi ma'qullanganida, Koreya elchixonasi arizachini viza tafsilotlari to'g'risidagi "사증발급확인서 / Visa Grant Notice"* viza berilgani haqida bildirishnoma orqali xabardor qiladi.
(*사증발급인정서 - "teleks" bilan adashtirilmasin, u alohida hujjat)

Viza egasining pasportiga stiker yopishtirilmaydi, uning o'rniga joriy etilgan hujjatni www.visa.go.kr rasmiy veb-sayti orqali, pasport raqami va tug'ilgan sanasi kabi shaxsiy ma'lumotlarni kiritib, onlayn chiqarib olishi mumkin bo'ladi. Hujjat printerdan rangli yoki oq-qora rangda chop etilishi mumkin va chegarada immigratsiya nazoratidan o'tish paytida pasport bilan birga taqdim etilishi shart bo'ladi. Batafsil ma'lumot hujjatning izoh qismida ham keltiriladi.

Aldanib qolmaslik uchun vizani shaxsan tekshirib ko'ring! Ushbu postga ilova qilingan PDF faylda rasmli qo'llanma bor.

@KoreyaSuhbatlari