Get Mystery Box with random crypto!

Koreya suhbatlari - 7-son. D-2 va D-4 o'qish vizalari bo'yicha | Koreya suhbatlari

Koreya suhbatlari - 7-son. D-2 va D-4 o'qish vizalari bo'yicha yangi tartib, muammo va xatolar haqida

Youtube orqali tinglash uchun:



Bu sonda qamrab olingan mavzular mundarijasi:
*Suhbatni o'zingiz istagan joyidan tinglash uchun ko'k rangdagi vaqt belgisi ustiga bosing

00:38 - Koreyada nima gaplar?
03:42 - Koreyaga o'qish vizasi olish bo'yicha muhim o'zgarish, yangi tartib-qoidalar va tarjimadagi xatolar. Kirish.
05:39 - Yangi talablar nima uchun kuchaytirildi?
10:51 - Bank ma'lumotnomasi (bankshyot) bo'yicha yangi talablar.
12:37 - KDB bankka pul qo'yish kimlar uchun majburiy? Boshqa iloji bormi?
19:52 - Talabaning moliyaviy tomondan homiysi uchun qo'yiladigan talablar. "Yaqin qarindoshlar"ga kimlar kiradi?
30:58 - Moliyaviy homiydan talab qilinadigan hujjatlar.
34:22 - Elchixonaga topshirilgan hujjatlarni baholashning osonlashtirilgan mezoni kimlar uchun?
38:36 - Suhbat talabi kimlar uchun kuchaytirildi, nimalarni inobatga olish kerak?
43:29 - Til bilish talablari haqida. Kimga majburiy emas?
52:09 - Rad javobini olganlar vizaga endi qachon qayta hujjat topshira oladi?
52:38 - Elchixona orqali D-2 yoki D-4 vizasini olish uchun kerak bo'ladigan umumiy hujjatlar.
1:01:59 - Yangi tartib qachondan kuchga kirdi? Qaysi vizaning natijasi qancha muddatda chiqadi?
1:02:53 - Viza berish tartibi haqidagi jadvalga izoh.
1:05:15 - Qaysi universitetlarga harakat qilmagan ma'qul?
1:05:55 - D-2 vizaning turlari va nomlari.
1:06:16 - Koreya vizasining stikeri endi berilmaydi.
1:06:51 - Viza natijasini tekshirish tartibi va qalbaki vizani aniqlash haqida.
1:10:32 - Vizasi bo'laturib, Koreyaga kela olmayotgan va endi viza olmoqchi bo'lganlar uchun tavsiyalar.


7-son uchun havolalar:

Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi elchixonasi veb-sahifasi:
- koreys tilida - http://overseas.mofa.go.kr/uz-ko/index.do
- o'zbek tilida - http://overseas.mofa.go.kr/uz-uz/index.do
- rus tilida - http://overseas.mofa.go.kr/uz-ru/index.do

O'zbekistondagi KDB bank filiallari
- https://kdb.uz/uz/about-us/branches

Koreya elchixonasi qoshidagi koreys tili va madaniyati markazi:
- https://tashkec.uz/uz/
- https://t.me/tashkec_uz
- https://www.facebook.com/tashkec.uz/
- https://www.instagram.com/tashkec/

Universitetlar reytingi (viza olish buyicha)
- https://t.me/koreyasuhbatlari/49

Viza natijasini tekshirish portali (Koreyaga endi kelmoqchi bulayotganlar uchun):
- https://www.visa.go.kr/openPage.do?MENU_ID=10301

Koreyaga kelganlar uchun viza muddatini tekshirish tartibi:
- https://www.hikorea.go.kr/info/CheckExprYmdByPassNoR.pt

Koreyada o'qish va universitetlar haqida rasmiy portal:
- https://studyinkorea.go.kr/
- http://study.korean.net/

Shu va boshqa suhbatlarni audio formatda tinglash uchun kanalga ulanish:
@KoreyaSuhbatlari

#KoreyaSuhbatlari #КореяСуҳбатлари #koronavirus #коронавирус