Get Mystery Box with random crypto!

Davomi... Shuningdek, mamlakatda u chiqargan farmonlar hamda | Kitobxon bola

Davomi...

Shuningdek, mamlakatda u chiqargan farmonlar hamda yo'lga qo'yilgan tartib-qoidalar ''Yasoq'' qonunlariga emas, shariat qonunlariga asoslangan edi. Bundan tashqari, Tarmashirin o'z hukmronligining oxirgi 4 yilida biror marta ham Mo'g'iliston poytaxti Qoraqurumda, ulug' xon qarorgohida bir yilda bir chaqiriladigan qurultoyga bormagan. Chingizxon vasiyatida mazkur qurultoyda barcha xon xonadoni vakillarining qatnashishi shartligi ko'rsatilgan edi.
Tarmashiringa qarshi bo'lgan fitnachilar, xususan, uning akasi Durra Temur ''Yasoq'' qonuning birinchi tamoyili, ya'ni, ''hukmdor(xon) ''Yasoq''qa qat'iy rioya etishi xususida qasamyod qilishi va unga amal qilishi, amal qilmagudek bo'lsa, xonni umrbod qamash yoki jazolash(hatto qatl qilish)'' mumkin bo'ladi degan qoidaga asoslanib, Tarmashirinni xon hokimiyatiga noloyiq deb, uni taxtdan tushurish va o'z o'g'li Buzanni xon qilib saylash taraddudiga tushadi.
Shundan keyin, Tarmashiringa qarshi suiqasd tashkil etilib, Xuroson tomon ketayotgan taqvodor xon Kesh yaqinida tutib o'ldiriladi. Tarmashirindan keyin Movarounnahr (Chig'atoy ulusi) taxtiga chiqqan Buzanxon (1334-1338) poytaxtni Qarshidan Ili vodiysiga, bir paytlar Chig'atoyxonning o'zi poytaxt sifatida tanlagan yerga ko'chiradi.
Shu tariqa, XIV asrning 20-30-yillarida Movarounnahrda qaytadan rivojlanib borayotgan kalom, fiqh singari diniy ilmlar hamda o'troqlashgan mo'g'ullarning islomlashish jarayoni yana susaya boshladi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, aynan Tarmashirinxon o'limidan keyin (1334-yil) Movarounnahrda Chingizxon avlodlarining ham qudrati pasaygan. Natijada, oradan 12 yil o'tib (1346-yil) nufuzli amirlar tomonidan chingiziylarni ''soxta xon'', ''qo'g'irchoq xon''ga aylantirish jarayoni boshlandi.

#fakt
@kitobxonbola