Get Mystery Box with random crypto!

#hikoya Irodasizlik oqibati(yoxud yomonlik qurboni bo'lgan qi | Kitobxon bola

#hikoya

Irodasizlik oqibati(yoxud yomonlik qurboni bo'lgan qizaloq)

Fasllar kelinchagi bahorning ilk kunlarida yigit xiyobon bo'ylab sayr qilgani chiqqan edi, nogahon xiyobon chekkasidagi kursida yolg'iz xayollar og'ushida o'tirgan qizga ko'zi tushdi. U qiz bilan tanishish maqsadida uning yoniga yaqinlashib, u bilan hamsuhbat bulishini bildirib, kursidan joy oldi. Dunyo xayollariga g'arq bo'lgan qiz yoniga kelib o'tirgan barno yigitga ko'z qirini tashlab, o'zini beparvo tutib, xayol surishda davom etdi.Yigit salom-alik qilib, sekingina gap boshladi va qiz bilan tanishib oldi. Bu vaqtda kun o'z o'rnini allaqachon tunga bo'shatib bergan, sokin tun o'z hukmronligini boshlab yuborgan edi. Qiz men ketishim kerak kech bo'lib qoldi deyishi bilan yigit unga sizni kuzatib qo'ysam har qalay yolg'iz ekansiz, uyingizga yetib olguningizcha hamrohingiz bo'lay deb o'rnidan turdi, qiz esa biror so'z demay 1-2 qadam odimlab ketdi, sukut alomati rizo deb yigit ham qizning ortidan yurdi. Qizni uygacha kuzatib qo'yib, o'zi ortiga qaytgan yigit endi tunlarni bedor o'tkazadigan bo'ldi, faqat va faqat xayolida o'sha qiz. Ularning ilk tanishuviga guvoh xiyobon yana qancha visol onlariga ham guvoh bo'ldi. Yigit bilan qizning yuragida sevgi kurtak yoza boshladi, bu ikki yosh bir-birini yonib sevdi, bir-birisiz dunyo ko'zlariga tor ko'rina boshladi, shu tariqa oradan ikki yil o'tib, ular turmush qurishga ahd qilishdi, go'yoki taqdir bularni bir-biri uchun atayin yaratgandek, ikki sevishgan qalbning nikoh to'ylari, visol onlari xuddi o'zlari xohlagandek juda chiroyli o'tdi.
Nikoh to'yiga tashrif buyurgan har bir yosh-u qari uzukka ko'z qo'ygandek bir-birlariga mos, ilohim baxtlariga ko'z tegmasin deb duo qilishdi. Bir-birisiz hattoki nafas olmaydigan juftlik endi tunlarni birgalikda bedor o'tkazadigan bo'lishdi, shunday kunlarning birida qiz yigitga yaqin kunlarda ikkalasi uchun quvonchli kun bo'lishini, Yaratgan tangri ularni ota-ona bo'lish baxti bilan siylamoqchi ekanligini aytib qoldi. Shu kundan boshlab yigit hali tug'ilmagan go'dakka ism izlay boshladi, va har tun qizga menga shiringina qizaloq qilgin, bir-birimizga bo'lgan sevgimiz hurmati, muhabbatimiz mevasi o'z nomi bilan ''Muhabbat'' bo'ladi deb iltijo qilardi. Vaqti-soati yetib ikki sevishgan yosh farzandli bo'lishdi, bedor tunlar qilgan iltijolari amalga oshib, Alloh ularga shiringina qizaloq hadya qilgandi, qizaloq dunyoga keldi-yu, yuragida bir qancha orzulari bilan qiz yorug' olamni tark etdi. Baxt bilan baxtsizlik yon-yonma yuradi deganlari shudir balki... Sevgilisining bevaqt ko'z yumishi yigitning telbaga aylantirdi go'yo, ichkilikka ruju qo'ydi. Hattoki suyukli ayolining hadyasi sevgisining mevasi Muhabbat ham unga taskin bera olmadi. Sevgilisi boqiyga rihlat qilgan kundan boshlab, yigit qizalog'i Muhabbatga nafrat ko'zi bilan qaray boshladi, buni ko'rgan qarindoshlari qizaloqni o'zlari bilan olib ketishdi, shunda ham yigit ichkilikni tashlamadi, qaytanga Muhabbatni olib ketgan qarindoshlariga borib, qizning evaziga aroqqa pul so'rab, aroq ichib yuraverdi. Toqatlari toq bo'lgan qarindoshlar qizaloqni uyiga olib kelib tashlashdi. Yigit qizning ochligi, usti yupunligi bilan umuman qiziqmas, topgan bir-ikki so'm pulini aroqqa sarflab kun ko'rardi. Buni ko'rgan qo'ni-qo'shnilari qizchaga rahmlari kelib navbatma-navbat bir kosadan ovqat chiqara boshlashdi, noshud, xudbin ota esa: ''Menga aroqqa pul bersalaring ovqatni qizimga yediraman, bo'lmasa senlarning muruvatlaringa zor emasman'', - deb olib kelingan ovqatni to'kib tashlardi.


Davomi...