Get Mystery Box with random crypto!

📚Kitoblar so'ylasin

Telegram kanalining logotibi kitoblardan_ndn — 📚Kitoblar so'ylasin K
Telegram kanalining logotibi kitoblardan_ndn — 📚Kitoblar so'ylasin
Kanal manzili: @kitoblardan_ndn
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-02 08:10:15 Ta'lim

Amr ibn Utba o'g'lining ustoziga bunday dedi: “Bolamni isloh qilishning eng avvali o'zingni isloh qilish bo'lsin. Chunki shogirdlaringning ko'zi sening ko'zingga bog'langan bo'ladi. Sen qilgan hamma narsa ularning nazdida yaxshi, sen qilmagan hamma narsa ularning nazdida yomondir. Ularga Allohning kitobini o'rgat. Ammo majburlamagin, undan bezib qolishmasin. Lekin ularni o'z holiga ham tashlab qo’ymagin, Qur’ondan uzoqlashib qolishmasin. Ularni hadisi shariflar, yaxshi she’rlar bilan “sug’orib”, to’ydirgin. Bir ilmni yaxshi o'rganmagunlaricha boshqasiga o’tma, chunki qalbga (zehnga) ko'p narsa kiraversa, ularni fahmlab olish qiyin bo'lib qoladi. Ularga sahobalar va solih insonlarning turmush tarzlarini o'rgat, nomahram ayollar bilan gaplashishdan qaytar. Meni yuz-xotir qilib o’tirma. Men sening kifoya qilishingga ishonaman”.

Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" kitobidan

@kitoblardan_ndn
14 views05:10
Ochish/sharhlash
2022-09-01 15:13:35 Ilm bilan mol-dunyo o’rtasidagi farq

Abu No’aym Komil ibn Ziyoddan rivoyat qiladi: “Bir kuni Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu qo'limdan tutib, sahro tomonga yetakladi. Sahroga yetib borgach, u zot bir joyga o'tirdi. So’ngra, biroz nafas rostlagach, bunday dedi: “Ey Komil, qalblar idishga o'xhsaydi. Eng yaxshi qalb - eng ehtiyotkor qalbdir. Bu gaplarimni eslab qol. Insonlar uch turli bo'ladi:
Birinchisi - rabboniy olim.
Ikkinchisi- najot yo'lidagi tolibi ilm.
Uchinchisi - ilm bilan ishi bo'lmaydigan omi. Bu toifadagi odamlar har xil g’avg’olarga aralashadigan, bo'lar-bo'lmas narsalarga ergashib ketadigan, har xil rangga moyil odamlardir. Bunday odamlar ilm nuridan bahra olmaydi, ishonchli asosga tayanmaydilar.
Ilm moldan yaxshiroqdir, chunki ilm seni qo'riqlaydi, molni esa sen qo’riqlaysan. Ilmni ishlatsang kamaymaydi, molni ishlatsang kamayadi. Ilm olim uchun tiriklikda toat, vafot etgandan keyin esa go’zal xotiradir. Mol esa dunyo yo'q bo'lishi bilan zavol topadi. Mol-dunyo to’plovchilar tiriklik chog'idayoq o'lib bo'lgan bo'ladi, ulamolar esa dunyo turguncha turishadi, o'zlari yo'q bo'lsa ham qilib ketgan hayrli ishlari qalblarda doimo barhayotdir”.”.

Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" kitobidan

@kitoblardan_ndn
12 views12:13
Ochish/sharhlash
2022-07-11 15:39:08 Ibratli hikoya

Qadimda bir kishi odobsizligi tufayli ota-onasiga oq bo’lgan ekan. U xotinini juda yaxshi ko’rar ekan. Bir kuni turmush o’rtog’i og’ir dardga chalinibdi. Tabib turmush o’rtog’iga yangi yurak kerakligini aytibdi. Bag’ritosh yigit borib, onasini o’ldiribdi, uning yuragini olibdi. Tabibning oldiga shoshib ketayotib, bir toshga qoqilib ketibdi. Shunda onaning yuragi tilga kirib, “Ehtiyot bo’l, yiqilib tushma, bolam!” debdi.

O’lsa ham yuragida farzandiga mehri so’nmagan onani qarang!

Toshyurak va berahm farzandni qarang!

Homid Ahmad Tohirning “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshlarga nasihatlari” kitoblaridan


@kitoblardan_ndn
12 views12:39
Ochish/sharhlash
2022-06-14 15:48:30 E'tibor bergan bo'lsangiz, Qur'onda hech qaysi ayolning: mo'mina bo'lsin, kofir bo'lsin ismlari tilga olingan emas, faqatgina hazrati Maryamning ismi aniq aytilgan. Bahs yuritilgan ayollar oilali edilar, Maryam onamiz esa nikohsiz, turmush o'rtog'i yo'q edi. Aynan shu holat ham shariatimizda ayollar borasida mahramning nechog'lik nozik masala ekanligini ko'rsatadi. Ayol erkak kishining eng yaqin mahramidir. Oshkor qilinmaydigan, do'stlar orasida hatto ismi ham tilga olinmaydigan hilqatdir ayol.

Murat Tosunning "Olim yetishtirgan onalar" kitobidan

@kitoblardan_ndn
443 views12:48
Ochish/sharhlash
2022-04-28 13:09:12 U mening birodarim

Abu Dardo roziyallohu anhu gunoh ish qilib qo'ygan bir odamning oldidan o'tib qoldilar. Odamlar uni so'kishardi. U kishi odamlarga qarab, "Agar u quduqqa tushib ketsa, uni chiqarib olmasmidingiz?" deb so'radilar. Ular: "Chiqarardik", deyishdi. Abu Dardo roziyallohu anhu: "Birodaringizni so'kmanglar, uni so'kkandan ko'ra, sizlarni gunohdan saqlagan Alloh taologa hamd aytinglar", dedi. Odamlar: "Bu kishini yomon ko'rmaysizmi?" deb so'rashdi. Abu Dardo roziyallohu anhu: "Men uning qilgan amalini yomon ko'raman, lekin bu ishini tashlasa, u mening birodarim", deb javob berdilar.

Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" kitobidan

@kitoblardan_ndn
153 views10:09
Ochish/sharhlash
2022-04-09 06:51:34 Kasal ko'rish odobi

Junayd rahmatullohi alayh aytadi: "Sirriy Saqatiyning bunday deganini eshitdim: "Ichketar bo'lib qolgan edim, bir necha qorilar meni ko'rgani kirishdi. Ular uzoq o'tirib qolishgan edi, men ancha qiynaldim. Nihoyat, "Duo qiling", deyishgan edi, qo'limni ko'tarib, "Allohim, bizga kasal ko'rish odobini o'rgatgin", dedim".

Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" kitobidan

@kitoblardan_ndn
168 views03:51
Ochish/sharhlash
2022-04-01 17:57:07 Qo'rquvni his qilgan kishi umidning qadriga yetadi.

Jaloliddin Rumiy

@kitoblardan_ndn
173 views14:57
Ochish/sharhlash
2022-03-29 08:06:01 "Ey Robbim, mening og'ir bir dardim bor", demagin. Balki dardingga yuzlanib: "Ey dard, mening Buyuk Robbim bor, degin".

Doktor Oiz Qarniyning "Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

@kitoblardan_ndn
176 views05:06
Ochish/sharhlash
2022-03-27 19:11:29 O'zingizdan pastga nazar soling. O'zingizdan balandga nazar solmang. Bu Allohning sizga bergan ne'matiga noshukur bo'lishingizga olib kelishi mumkin.

Doktor Oiz Qarniyning "Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

@kitoblardan_ndn
146 views16:11
Ochish/sharhlash
2022-03-26 05:35:11 Go'zal ayol bo'lish uchun go'zal o'ylash kerak.

Doktor Oiz Qarniyning "Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

@kitoblardan_ndn
125 views02:35
Ochish/sharhlash