Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Amr ibn Utba o'g'lining ustoziga bunday dedi: “Bolamni | 📚Kitoblar so'ylasin

Ta'lim

Amr ibn Utba o'g'lining ustoziga bunday dedi: “Bolamni isloh qilishning eng avvali o'zingni isloh qilish bo'lsin. Chunki shogirdlaringning ko'zi sening ko'zingga bog'langan bo'ladi. Sen qilgan hamma narsa ularning nazdida yaxshi, sen qilmagan hamma narsa ularning nazdida yomondir. Ularga Allohning kitobini o'rgat. Ammo majburlamagin, undan bezib qolishmasin. Lekin ularni o'z holiga ham tashlab qo’ymagin, Qur’ondan uzoqlashib qolishmasin. Ularni hadisi shariflar, yaxshi she’rlar bilan “sug’orib”, to’ydirgin. Bir ilmni yaxshi o'rganmagunlaricha boshqasiga o’tma, chunki qalbga (zehnga) ko'p narsa kiraversa, ularni fahmlab olish qiyin bo'lib qoladi. Ularga sahobalar va solih insonlarning turmush tarzlarini o'rgat, nomahram ayollar bilan gaplashishdan qaytar. Meni yuz-xotir qilib o’tirma. Men sening kifoya qilishingga ishonaman”.

Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" kitobidan

@kitoblardan_ndn