Get Mystery Box with random crypto!

Ilm bilan mol-dunyo o’rtasidagi farq Abu No’aym Komil ibn Ziy | 📚Kitoblar so'ylasin

Ilm bilan mol-dunyo o’rtasidagi farq

Abu No’aym Komil ibn Ziyoddan rivoyat qiladi: “Bir kuni Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu qo'limdan tutib, sahro tomonga yetakladi. Sahroga yetib borgach, u zot bir joyga o'tirdi. So’ngra, biroz nafas rostlagach, bunday dedi: “Ey Komil, qalblar idishga o'xhsaydi. Eng yaxshi qalb - eng ehtiyotkor qalbdir. Bu gaplarimni eslab qol. Insonlar uch turli bo'ladi:
Birinchisi - rabboniy olim.
Ikkinchisi- najot yo'lidagi tolibi ilm.
Uchinchisi - ilm bilan ishi bo'lmaydigan omi. Bu toifadagi odamlar har xil g’avg’olarga aralashadigan, bo'lar-bo'lmas narsalarga ergashib ketadigan, har xil rangga moyil odamlardir. Bunday odamlar ilm nuridan bahra olmaydi, ishonchli asosga tayanmaydilar.
Ilm moldan yaxshiroqdir, chunki ilm seni qo'riqlaydi, molni esa sen qo’riqlaysan. Ilmni ishlatsang kamaymaydi, molni ishlatsang kamayadi. Ilm olim uchun tiriklikda toat, vafot etgandan keyin esa go’zal xotiradir. Mol esa dunyo yo'q bo'lishi bilan zavol topadi. Mol-dunyo to’plovchilar tiriklik chog'idayoq o'lib bo'lgan bo'ladi, ulamolar esa dunyo turguncha turishadi, o'zlari yo'q bo'lsa ham qilib ketgan hayrli ishlari qalblarda doimo barhayotdir”.”.

Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" kitobidan

@kitoblardan_ndn