Get Mystery Box with random crypto!

U mening birodarim Abu Dardo roziyallohu anhu gunoh ish qilib | 📚Kitoblar so'ylasin

U mening birodarim

Abu Dardo roziyallohu anhu gunoh ish qilib qo'ygan bir odamning oldidan o'tib qoldilar. Odamlar uni so'kishardi. U kishi odamlarga qarab, "Agar u quduqqa tushib ketsa, uni chiqarib olmasmidingiz?" deb so'radilar. Ular: "Chiqarardik", deyishdi. Abu Dardo roziyallohu anhu: "Birodaringizni so'kmanglar, uni so'kkandan ko'ra, sizlarni gunohdan saqlagan Alloh taologa hamd aytinglar", dedi. Odamlar: "Bu kishini yomon ko'rmaysizmi?" deb so'rashdi. Abu Dardo roziyallohu anhu: "Men uning qilgan amalini yomon ko'raman, lekin bu ishini tashlasa, u mening birodarim", deb javob berdilar.

Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" kitobidan

@kitoblardan_ndn