Get Mystery Box with random crypto!

KORES TILI

Telegram kanalining logotibi kares1tili — KORES TILI K
Telegram kanalining logotibi kares1tili — KORES TILI
Kanal manzili: @kares1tili
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.94K
Kanalning ta’rifi

bu kanal orqali Koreya haqidagi qiziqarli va eng yangi ma'lumotlarni hamda koreys tilini online o'rganishingiz mumkin savola bòsa👇
O'QSH boyicha kelmoqchi bolganlar
18.01.03 @Shox0308name
https://t.me/joinchat/AAAAAEZE8uXaW7NkMEJoPg

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-02-05 17:35:30 Assalomalaykum kanalimiz azolari.Ancha vaqt kanalimiz ayrim sabablarga kura tuxtagan edi.Uzoq muddatli tannafusdan sung biz yana davom etamz...
13.2K viewsHayotga keldimi intilib yasha....., 14:35
Ochish/sharhlash
2019-11-07 12:04:04 Topik II

1) TOPIK 2 uchun 3 xil imtixon topshiriladi.
듣기 (eshitish)
쓰기 (yozish)
읽기 ( o'qish)

듣기 jami 50 ta savol 60 daqiqa vaqt beriladi. 50 ta savol uchun 100 ball beriladi.

쓰기 jami 4 ta savol, 50 daqiqa vaqt beriladi. 1 chi va 2 chi savolda matn beriladi. Har bir matnda 2 tadan joyga yozish kerak bo'lgan joylari mavjud.
Har bir to'g'ri javob uchun 5 balldan jami 20 ball beriladi.
3 chi savol diagramma bo'yicha 300 bo'g'inli insho yozish. Bu savol uchun 30 ball beriladi.
4 chi savol ijtimoiy mavzuda berilgan sarlavha bo'yicha 700 yoki 800 ta bo'g'inli insho yozish. Bu savol uchun 50 ball beriladi. Jami 100 ball beriladi.

읽기 jami 50 ta savol 70 daqiqa vaqt beriladi. 50 ta savol uchun jami 100 ball beriladi.

3 급 (daraja) olish uchun 300 balldan minimum 120 dan 149 ballgacha olish kerak.

4 급 (daraja) olish uchun 300 balldan minimum 150 dan 189 ballgacha olish kerak.

5 급 (daraja) olish uchun 300 balldan minimum 190 dan 229 ballgacha olish kerak.

6 급 (daraja) olish uchun 300 balldan minimum 230 dan 300 ballgacha olish kerak.
@kares1tili
25.3K views샤호브뜬베, 09:04
Ochish/sharhlash
2019-10-22 12:30:46
Kareske stilll
21.0K views샤호브뜬베, 09:30
Ochish/sharhlash
2019-10-16 14:30:14 Koreys tili Grammatika:
-에 (1)

Bu qo'shimcha joy otlari bilan ishlatilib, kishi yoki narsalarning joylashgan o'rnini bildiradi.

Bu ma'nosida o'zbek tiliga "-da" deb tarjima qilinib, odatda "있다, 없다" fe'llari bilan ishlatiladi.

친구가 미국에 있습니다. - Do'stim AQSHda.

교실에 텔레비전이 없습니다. - Sinfda televizor yo'q.

지갑에 돈이 많습니다. - Karmonimda pulim ko'p

-하고

Bu qo'shimcha ikki yoki undan ortiq otlarni bog'lash uchun ishlatiladi.

O'zbek tiliga "bilan" deb tarjima qilinadi.

빵하고 김밥을 먹습니다. - Non bilan kimbab yeyman.

책상 위에 책하고 공책이 있습니다. - Parta ustida kitob bilan daftar bor.

가방하고 구두를 삽니다 - Sumka bilan tufli sotvolaman.

한국말하고 일본말을 공부합니다. - Koreys tili bilan yapon tilini o'rganyapman.
22.1K views샤호브뜬베, 11:30
Ochish/sharhlash
2019-10-15 10:42:32 Assalomu Alaykum

답답하다 siqilmoq
당황스럽다 esankiramoq
서운하다 afsus-nadomat chekmoq
불만스럽다 norozilik
목욕시키다 cho'miltirmoq
양보하다 joy bermoq/yo'l bermoq
중부 markaz (viloyat,shahar,tuman)
지방 tuman (Marhamat tumani)
반복하다 takrorlamoq
개봉 boshlanish
관객 tomoshabin
기대하다 kutilmoq
평가 baho/reytig
대형 omaviy
불황 ruhiy azoblanish holati
속 ichida
매출 daromad
상상하다 fikrlamoq
영향 ta'siri
훌륭하다 mashhur bo'lmoq
시선 ko'rish
독자 kitobxon/yolg'iz
@kares1tili
19.3K views샤호브뜬베, 07:42
Ochish/sharhlash
2019-09-30 08:24:16 TALAFFUZ

[ㅇ] Bu undosh harf unli harfdan oldin tursa talaffuz qilinmaydi. Masalan:
어머니 (омони),
강아지 (кангаʤи),
우리 (ури) va hokazo.
Agar unli harf so’z boshida yohud so’z orasida yolg’iz o’zi kelsa, albatta [ㅇ] harfi bilan qo’shilib yoziladi, chunki bu ham bo’g’in hisoblanadi.
[ㅇ] harfi padchimda kelganda [нг] tovushini beradi.
Masalan:
가방 (кабанг),
안녕 (аннёнг) va hokazo
Endi va'damizga muvofiq padchimda ayrim undosh harflarning tovushlari o’zgarishini birgalikda ko’rib chiqamiz.
1. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turgan ㅂ hamda ㅍ harflari [п] deya talaffuz qilinadi:
삽 [삽], 앞 [압], 직업 [지겁],
Endi ikkinchi holatga ahamiyat qiling! Sizga ma’lumki,biz undosh harflarni o’tayotganimizda ayrim undosh harflar unli harflardan oldin tovushini o’zgartiradi deya ta’kidlab o’tgandik. Bu harflarda ham shunday.
Masalan:
삽이 [사비] – саби,
앞이 [아피] – апхи
Demak, agar unli harfdan oldin undosh harf kelsa u to’liq o’z holicha o’qiladi,padchimda kelsa qoidaga amal qilinadi.
2. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄷ, ㅌ, ㅈ, ㅊ, ㅅ, ㅆ, ㅎ harflari bir xilda [т] deya talaffuz qilinadi:
- 받다 [받따] – патта,
- 곧은 [고든] – кўдын,
- 겉 [걷] – кот,
- 겉은 [거튼] – котхын,
- 낮 [낟] – нат,
- 낮이 [나지] - наʤи
- 빛 [빋] – пит,
- 몇 [мёт],
- 빛이 [비치] – пичи
- 옷 [옫] – ўт,
- 옛날 [옏날] – йэтналь,
- 옷이 [오시] – ўщи
- 있다 [읻다] – итта,
- 있어서 [이써서] – иссосо
- 좋다 [조타] – цўтха,
- 좋아서 [조아서] – цўасо

ESLATMA! [ㅎ] harfi padchimda turli tovushlarda aks etishi mumkin. Bu haqida alohida yanagi darslarimizda batafsil to’xtalib o’tamiz.
Aksariyat hollarda [ㅎ] harfi undosh va unli harflar orasida kelsa deyarli talaffuz qilinmaydi.
Masalan:
간호사 [канўса],
변하다 [пёнада], 마
3. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄱ, ㅋ, ㄲ harflari bir xilda [к] deya talaffuz qilinadi:
- 수박 [수박] – субак,
- 속이 [소기] – сўги
- 부엌 [부억] – пуок,
- 부엌이 [부어키] – пуокхи
- 밖 [박] – пак,
- 밖이 [바끼] – пакки
Qolgan barcha undosh harflar o’z tovushida o’zgartirilmay talaffus qilinadi.
Padchimda ikkita turli undosh harf kelsa va ulardan so’ng yana undosh harf kelsa, bittasi o’qiladi, agar unli harf kelsa ikkisi ham talaffus qilinadi.
1. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄳbirikmasi [к] tovushini beradi:
- 젃 [넉] – нок,
- 넋이 [넉시] - нокси
2. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄵ va ㄶbirikmalari [н] tovushini beradi:
- 앉다 [안따] – антта,
- 앉아 [안자] - анʤа
- 많다 [만타] – мантха,
- 많이 [마니] - мани
3. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄽ, ㄾva ㅀbirikmalari [ль] tovushini beradi:
- 외곬 [외골] – wэгўль,
- 외곬이 [외골씨] – wэгўль щи
- 핥다 [할따] – хальтта,
- 핥아 [할타] – хальтха
- 끓다 [끌타] – ккыльтха,
- 끓어 [끄러] - ккыро
4. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㅄbirikmasi [п] tovushini beradi:
- 없다 [업따] – оптта,
- 없어 [업서] – опсо
5. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄺbirikmasi [к] tovushini beradi:
- 읽다 [익따] – иктта,
- 읽어 [일거] – ильго
6. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄻbirikmasi [м] tovushini beradi:
- 젊다 [점따] – цомтта,
- 젊어 [절머] – цольмо
7. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄿbirikmasi [п] tovushini beradi:
- 읊다 [읍따] – ыптта,
- 읊어 [을퍼] – ыльпхо
8. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄼbirikmasi [ль,п] tovushlarini beradi:
- 넓다 [널따] – нольтта,
- 넓어[널버] - нольбо
- 밟다 [밥따] – паптта,
- 밟아 [발바] - пальба
[ㅎ] harfi padchimda yolg’iz kelsa va undan so’ng undosh harf kelsa, o’z tovushini butkul o’zgartiradi:
- 좋다 [조타] – цўтха,
- 하얗고 [하야코] – хаякхў,
- 입학 [이팍] – ипхак,
- 싫지요 [실치요]
@kares1tili
20.1K views샤호브뜬베, 05:24
Ochish/sharhlash