Get Mystery Box with random crypto!

TALAFFUZ [ㅇ] Bu undosh harf unli harfdan oldin tursa talaff | KORES TILI

TALAFFUZ

[ㅇ] Bu undosh harf unli harfdan oldin tursa talaffuz qilinmaydi. Masalan:
어머니 (омони),
강아지 (кангаʤи),
우리 (ури) va hokazo.
Agar unli harf so’z boshida yohud so’z orasida yolg’iz o’zi kelsa, albatta [ㅇ] harfi bilan qo’shilib yoziladi, chunki bu ham bo’g’in hisoblanadi.
[ㅇ] harfi padchimda kelganda [нг] tovushini beradi.
Masalan:
가방 (кабанг),
안녕 (аннёнг) va hokazo
Endi va'damizga muvofiq padchimda ayrim undosh harflarning tovushlari o’zgarishini birgalikda ko’rib chiqamiz.
1. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turgan ㅂ hamda ㅍ harflari [п] deya talaffuz qilinadi:
삽 [삽], 앞 [압], 직업 [지겁],
Endi ikkinchi holatga ahamiyat qiling! Sizga ma’lumki,biz undosh harflarni o’tayotganimizda ayrim undosh harflar unli harflardan oldin tovushini o’zgartiradi deya ta’kidlab o’tgandik. Bu harflarda ham shunday.
Masalan:
삽이 [사비] – саби,
앞이 [아피] – апхи
Demak, agar unli harfdan oldin undosh harf kelsa u to’liq o’z holicha o’qiladi,padchimda kelsa qoidaga amal qilinadi.
2. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄷ, ㅌ, ㅈ, ㅊ, ㅅ, ㅆ, ㅎ harflari bir xilda [т] deya talaffuz qilinadi:
- 받다 [받따] – патта,
- 곧은 [고든] – кўдын,
- 겉 [걷] – кот,
- 겉은 [거튼] – котхын,
- 낮 [낟] – нат,
- 낮이 [나지] - наʤи
- 빛 [빋] – пит,
- 몇 [мёт],
- 빛이 [비치] – пичи
- 옷 [옫] – ўт,
- 옛날 [옏날] – йэтналь,
- 옷이 [오시] – ўщи
- 있다 [읻다] – итта,
- 있어서 [이써서] – иссосо
- 좋다 [조타] – цўтха,
- 좋아서 [조아서] – цўасо

ESLATMA! [ㅎ] harfi padchimda turli tovushlarda aks etishi mumkin. Bu haqida alohida yanagi darslarimizda batafsil to’xtalib o’tamiz.
Aksariyat hollarda [ㅎ] harfi undosh va unli harflar orasida kelsa deyarli talaffuz qilinmaydi.
Masalan:
간호사 [канўса],
변하다 [пёнада], 마
3. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄱ, ㅋ, ㄲ harflari bir xilda [к] deya talaffuz qilinadi:
- 수박 [수박] – субак,
- 속이 [소기] – сўги
- 부엌 [부억] – пуок,
- 부엌이 [부어키] – пуокхи
- 밖 [박] – пак,
- 밖이 [바끼] – пакки
Qolgan barcha undosh harflar o’z tovushida o’zgartirilmay talaffus qilinadi.
Padchimda ikkita turli undosh harf kelsa va ulardan so’ng yana undosh harf kelsa, bittasi o’qiladi, agar unli harf kelsa ikkisi ham talaffus qilinadi.
1. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄳbirikmasi [к] tovushini beradi:
- 젃 [넉] – нок,
- 넋이 [넉시] - нокси
2. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄵ va ㄶbirikmalari [н] tovushini beradi:
- 앉다 [안따] – антта,
- 앉아 [안자] - анʤа
- 많다 [만타] – мантха,
- 많이 [마니] - мани
3. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄽ, ㄾva ㅀbirikmalari [ль] tovushini beradi:
- 외곬 [외골] – wэгўль,
- 외곬이 [외골씨] – wэгўль щи
- 핥다 [할따] – хальтта,
- 핥아 [할타] – хальтха
- 끓다 [끌타] – ккыльтха,
- 끓어 [끄러] - ккыро
4. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㅄbirikmasi [п] tovushini beradi:
- 없다 [업따] – оптта,
- 없어 [업서] – опсо
5. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄺbirikmasi [к] tovushini beradi:
- 읽다 [익따] – иктта,
- 읽어 [일거] – ильго
6. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄻbirikmasi [м] tovushini beradi:
- 젊다 [점따] – цомтта,
- 젊어 [절머] – цольмо
7. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄿbirikmasi [п] tovushini beradi:
- 읊다 [읍따] – ыптта,
- 읊어 [을퍼] – ыльпхо
8. Agar so’z padchim bilan tugasa yoki padchimdan so’ng yana undosh harf kelsa, padchimda turganㄼbirikmasi [ль,п] tovushlarini beradi:
- 넓다 [널따] – нольтта,
- 넓어[널버] - нольбо
- 밟다 [밥따] – паптта,
- 밟아 [발바] - пальба
[ㅎ] harfi padchimda yolg’iz kelsa va undan so’ng undosh harf kelsa, o’z tovushini butkul o’zgartiradi:
- 좋다 [조타] – цўтха,
- 하얗고 [하야코] – хаякхў,
- 입학 [이팍] – ипхак,
- 싫지요 [실치요]
@kares1tili