Get Mystery Box with random crypto!

Topik II 1) TOPIK 2 uchun 3 xil imtixon topshiriladi. 듣 | KORES TILI

Topik II

1) TOPIK 2 uchun 3 xil imtixon topshiriladi.
듣기 (eshitish)
쓰기 (yozish)
읽기 ( o'qish)

듣기 jami 50 ta savol 60 daqiqa vaqt beriladi. 50 ta savol uchun 100 ball beriladi.

쓰기 jami 4 ta savol, 50 daqiqa vaqt beriladi. 1 chi va 2 chi savolda matn beriladi. Har bir matnda 2 tadan joyga yozish kerak bo'lgan joylari mavjud.
Har bir to'g'ri javob uchun 5 balldan jami 20 ball beriladi.
3 chi savol diagramma bo'yicha 300 bo'g'inli insho yozish. Bu savol uchun 30 ball beriladi.
4 chi savol ijtimoiy mavzuda berilgan sarlavha bo'yicha 700 yoki 800 ta bo'g'inli insho yozish. Bu savol uchun 50 ball beriladi. Jami 100 ball beriladi.

읽기 jami 50 ta savol 70 daqiqa vaqt beriladi. 50 ta savol uchun jami 100 ball beriladi.

3 급 (daraja) olish uchun 300 balldan minimum 120 dan 149 ballgacha olish kerak.

4 급 (daraja) olish uchun 300 balldan minimum 150 dan 189 ballgacha olish kerak.

5 급 (daraja) olish uchun 300 balldan minimum 190 dan 229 ballgacha olish kerak.

6 급 (daraja) olish uchun 300 balldan minimum 230 dan 300 ballgacha olish kerak.
@kares1tili