Get Mystery Box with random crypto!

Koreys tili Grammatika: -에 (1) Bu qo'shimcha joy otlar | KORES TILI

Koreys tili Grammatika:
-에 (1)

Bu qo'shimcha joy otlari bilan ishlatilib, kishi yoki narsalarning joylashgan o'rnini bildiradi.

Bu ma'nosida o'zbek tiliga "-da" deb tarjima qilinib, odatda "있다, 없다" fe'llari bilan ishlatiladi.

친구가 미국에 있습니다. - Do'stim AQSHda.

교실에 텔레비전이 없습니다. - Sinfda televizor yo'q.

지갑에 돈이 많습니다. - Karmonimda pulim ko'p

-하고

Bu qo'shimcha ikki yoki undan ortiq otlarni bog'lash uchun ishlatiladi.

O'zbek tiliga "bilan" deb tarjima qilinadi.

빵하고 김밥을 먹습니다. - Non bilan kimbab yeyman.

책상 위에 책하고 공책이 있습니다. - Parta ustida kitob bilan daftar bor.

가방하고 구두를 삽니다 - Sumka bilan tufli sotvolaman.

한국말하고 일본말을 공부합니다. - Koreys tili bilan yapon tilini o'rganyapman.