Get Mystery Box with random crypto!

Jinoyat uchun jazo tayinlash. Jinoyat sodir etishda qonunda | JURISPRUDENCE

Jinoyat uchun jazo tayinlash.

Jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan protsessual tartibda aybli deb topilgan shaxsgina jazoga tortiladi.

Sud Jinoyat kodeksi Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasining sanktsiyasida belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi.

Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini xamda jazoni yengillashtiruvchi va ogʼirlashtiruvchi xolatlarni xisobga oladi.