Get Mystery Box with random crypto!

Pensiya va nafaqa bir tushunchami? Juda koʼpchilik pensiya va | JURISPRUDENCE

Pensiya va nafaqa bir tushunchami?

Juda koʼpchilik pensiya va nafaqa bir tushuncha, yaʼni pensiya nafaqa soʼzining ruschasi deb xato oʼylashadi (nafaqa rus tiliga “posobie” deb tarjima qilinadi).

I. Pensiya

Yetarlicha ish stajiga ega boʼlgan fuqarolar va ularning oilalari pensiya olish huquqiga ega boʼlib, davlat pensiyalarining quyidagi turlari mavjud:

yoshga doir pensiya;
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi.

1. Yoshga doir pensiya:

erkaklar — 60 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʼlgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʼlgan taqdirda tayinlanadi.

2. Nogironlik pensiyasi

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxs deb topilganlarga tayinlanadi.

3. Boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi

Vafot etgan boquvchining qaramogʼida boʼlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari olish huquqiga ega.

II. Nafaqa

Ish stajiga ega boʼlmagan fuqarolar va ularning oilalariga nafaqa tayinlanib, nafaqaning quyidagi turlari mavjud:

yoshga doir nafaqa;
nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironligi boʼlgan shaxslardan tashqari);
boquvchisini yoʼqotganlik nafaqasi.

1. Yoshga doir nafaqa

erkaklarga — 65 yoshga yetganlarida;
ayollarga — 60 yoshga yetganlarida; bolalikdan nogironligi boʼlgan farzandi bor onalarga — 55 yoshga yetganlarida tayinlanadi.

2. Nogironlik nafaqasi

Nogironlik sodir boʼlgan hollarda, yoshidan qatʼi nazar, ish stajiga ega boʼlmagan I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslarga tayinlanadi.

3. Boquvchisini yoʼqotganlik nafaqasi

Davlat pensiyasi olish huquqiga ega boʼlmagan shaxsning qaramogʼida boʼlgan oilaning mehnatga layoqatli boʼlmagan aʼzolari olish huquqiga egadirlar.