Get Mystery Box with random crypto!

Yangilanayotgan Konstitutsiyada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi | JURISPRUDENCE

Yangilanayotgan Konstitutsiyada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining huquqlariga oid 9 ta eng muhim huquqni bilasizmi?

• Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida oʼz tanloviga koʼra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.

• Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari toʼgʼrisida xabardor qilinish huquqiga ega.

• Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning soʼroq qilinishini talab etish huquqiga ega.

• Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega.

• Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chogʼida foydalanishga yoʼl qoʼyilmaydi.

• Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta koʼrib chiqilishi huquqiga ega.

• Jinoyat uchun hukm qilingan har kim afv etish yoki jazoni yengillashtirish toʼgʼrisida iltimos qilish huquqiga ega.

• Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga yetkazilgan zararning oʼrni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

• Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas.